https://oz.sputniknews.uz/20231002/ozbekiston-qatar-hujjatlar-39535557.html
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi - ro‘yxat
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi - ro‘yxat
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi hujjatlar imzolandi:O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
2023-10-02T18:58+0500
2023-10-02T18:58+0500
2023-10-02T18:58+0500
siyosat
o‘zbekiston
qatar
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39535785_0:74:1280:794_1920x0_80_0_0_e0a2bfe50e9ed2f642672527e9e3b3df.jpg
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.Xususan, hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi hujjatlar imzolandi:Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi. Ular ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qat’iy intilish bildirishdi.
o‘zbekiston
qatar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/02/39535785_179:68:1153:798_1920x0_80_0_0_30271a9eba459306527acd8316131d2a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston qatar hujjatlar shavkat mirziyoyev tashrif shayx tamim bin hamad ol soniy
o‘zbekiston qatar hujjatlar shavkat mirziyoyev tashrif shayx tamim bin hamad ol soniy
O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi - ro‘yxat
Ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralaridan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati
xabar berdi. Xususan, hamkorlikning turli sohalarini qamrab oluvchi quyidagi hujjatlar imzolandi:
O‘zbekiston va Qatar hukumatlari o‘rtasida turizm va ishbilarmonlik tadbirlari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Qatar ijtimoiy rivojlanish va oila vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum;
O‘zbekiston va Qatar Ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi va Qatar Investitsiya agentligi o‘rtasida investitsiyaviy hamkorlik to‘g‘risida o‘zaro anglashuv memorandumi;
O‘zbekiston Korrupsiya qarshi kurashish agentligi va Qatar Ma’muriy nazorat va shaffoflik boshqarmasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlarga erishildi:
O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi va Doha dinlarararo muloqot xalqaro markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
O‘zbekiston Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi va Qatar Inson huquqlari bo‘yicha milliy qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi;
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Qatar Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida qo‘shma ishbilarmonlar kengashini tuzish to‘g‘risida bitim;
O‘zbekiston va Qatar Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev va Tamim bin Hamad Ol Soniyning ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tgani xabar qilingan edi. Ular ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga qat’iy intilish
bildirishdi.