Prezident Jizzax viloyatini rivojlantirish choralarini taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNakanune Ramazan xayita, Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravil narod s etim svetlim prazdnikom.
Nakanune Ramazan xayita, Prezident Shavkat Mirziyoyev pozdravil narod s etim svetlim prazdnikom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2024
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyatining 13 ta tumanida 57 ming ish o‘rni yaratishga mo‘ljallangan, iqtisodiyotga turtki beradigan 100 ta imkoniyat va zaxiralar aniqlangan.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrifi doirasida viloyatning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Zabrdor tumanida tijorat banklari mahalliy tadbirkorlar faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashadi.
Banklar mahallalarda lider tadbirkorlarni aniqlab, ular orqali aholiga tomorqadan daromad topish uchun kreditlar ajratadi.
Tumanlarda bittadan 500 gektar maydonda bir xil mahsulot yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.
Arnasoyda 16 sentnerdan kam hosil olinayotgan yerlar lotlarga bo‘linib, meva-sabzavot ekadiganlarga taklif qilinadi.
Viloyatda kasanachilik asosida asalarichilikni rivojlantiriladi. Zomin tumanida asalarichilik markazi tashkil qilish, quti va jihozlar ishlab chiqarish, asalni qadoqlab, eksportga yuborish yo‘lga qo‘.
Yangiobod tumanidagi lalmi yerda oq piyoz yetishtirish, quritish, qadoqlash va muzlatgichli omborxonali klaster tashkil qilinadi.
“Janubiy Mirzacho‘l” va “Tuyatortar” kanallarini betonlash, nasoslar o‘rnatish qishloq xo‘jaligidagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi.
Sanoat rivoji uchun xitoylik investorlar yordamida 4 milliard dollarlik 22 ta loyiha o‘rganib chiqiladi.
Zomin tumanida sanoat texnoparki tashkil etilib, 1 milliard dollar xorijiy investitsiya hisobiga 50 ta yangi mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimida sayyohlar uchun sharoit yaratiladi, “turizm halqasi” tashkil etib, ularga eltuvchi yo‘llarni ta’mirlanadi.
2024 yilda viloyatda 4 ming 500 xonadonli 118 ta uy-joy qurish reja qilingan.
Yuqoridagi takliflar prezident tashrifidan oldin tumanlardagi sharoit va imkoniyatlar tahlili asosida iqtisodiy kompleks vakillari tomonidan ishlab chiqilgan.
Umumiy hisobda Jizzaxda mahalla infratuzilmasini yaxshilash, biznesni qo‘llab-quvvatlash, grantlar ajratish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0