Orenburgda suv toshqini ko‘p qavatli binolarga yaqinlashdi — video

Obuna bo‘lish
Orenburgda 10,3 mingdan ortiq turar joy binolari va 12 mingdan ortiq tomrqalar suv ostida qolgan.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. Orenburgda suv toshqinlari Leninskiy tumanidagi ko‘p qavatli uylarga yaqinlashdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Shaharning janubiy qismida suv Dubki va Marsovo Pole turar-joy majmualari yaqinida joylashgan. Bundan tashqari, qirg‘oqdagi bir nechta binolar suv ostida butunlay g‘oyib bo‘ldi. Ko‘p qavatli uylardan dalaga olib boruvchi yo‘lda loydan to‘g‘on qurilgan.
Baseyniy ko‘chasida joylashgan ot sporti majmuasi binolari butunlay suv ostida qolgan. Suv ostidan faqat binolarning tomlari ko‘rinadi.
Orenburg ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, 9-aprel kuni ertalab holatiga 10,3 mingtadan ortiq turar joy binolari va 12 mingtadan ortiq tomorqalar suv ostida qolgan.
Payshanba kuni Orenburg viloyatidagi Orsk shahri yaqinidagi to‘g‘on yorilishi oqibatida katta hududlar suv ostida qolgan edi. Orskda 6 mingdan ortiq turar joy suv ostida qolgan.
Ob-havoni kuzatish markaziga ko‘ra, bu yil Janubiy ural hududiga misli ko‘rilmagan suv toshqini sodir bo‘lgan. So‘nggi bor bunday ko‘p suv 1957-yilda kuzatilgan edi.
Sotrudniki MChS RF i kommunalnix slujb na meste podtopleniya posle proriva dambi v mikrorayone Stariy gorod v Orske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2024
Orskda buzilgan to‘g‘on: to‘rt mingdan ortiq viloyat aholisi evakuatsiya qilindi
Yangiliklar lentasi
0