Orskda buzilgan to‘g‘on: to‘rt mingdan ortiq viloyat aholisi evakuatsiya qilindi

© MChS Rossii/TelegramSotrudniki MChS RF i kommunalnix slujb na meste podtopleniya posle proriva dambi v mikrorayone Stariy gorod v Orske
Sotrudniki MChS RF i kommunalnix slujb na meste podtopleniya posle proriva dambi v mikrorayone Stariy gorod v Orske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2024
Obuna bo‘lish
Suv toshqini 27 ta munitsipalitetga ta’sir ko‘rsatdi, to‘rt mingdan ortiq viloyat aholisi, jumladan 885 nafar bola suv toshqini tufayli evakuatsiya qilindi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. 5-aprel kuni Rossiyaning Orsk shahrida shaharni Ural darosidan himoya qiluvchi to‘g‘on buzildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Darodagi suv sathi Orenburg viloyatida ham ko‘tarilmoqda. Prokuraturaning xabar berishicha, favqulodda holat gidrotexnika inshootini saqlash bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilmagan choralar tufayli yuzaga kelgan. Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bugun ertalab Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov Rossiya prezidenti Vladimir Putin topshirig‘i bilan Orskga keldi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, eng og‘ir vaziyat Lenin tumani va Eski shaharda, ayni paytda oqibatlarni bartaraf etish uchun kuch va vositalar yetarli.
Hammasi bo‘lib suv toshqini 27 ta munitsipalitetga ta’sir ko‘rsatdi, to‘rt mingdan ortiq viloyat aholisi, jumladan 885 nafar bola suv toshqini tufayli evakuatsiya qilindi.
Mahalliy hokimiyatning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, Iriklinskoe suv omboriga suv oqimi kamaygach, Orenburg viloyatidagi suv toshqini holati bir necha kun ichida yaxshilanishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0