Shavkat Mirziyoyev Jizzaxga tashrif buyurdi

© press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Djizakskuyu oblast. Pervim punktom programmi poyezdki stal klaster "Basalt Uzbekistan" v Farishskom rayone.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Djizakskuyu oblast. Pervim punktom programmi poyezdki stal klaster Basalt Uzbekistan v Farishskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2024
Obuna bo‘lish
Prezidentning Jizzax viloyatiga tashrifi Forish tumanida joylashgan “Basalt Uzbekistan” klasteridan boshlandi.
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 8-aprel kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Prezident dastlab Forish tumanidagi “Basalt Uzbekistan” klasterida bo‘ldi va xomashyo toshlari va tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi.

300 gektar maydonni egallagan klaster eng zamonaviy texnologiyalar asosida yiliga 177 ming tonna bazalt toshidan maxsus tola, direkt roving, fibra, armatura, kompozit geosetka, quvurlar, mato va issiqlik-izolyatsiya plitalari kabi 42 turdagi mahsulot ishlab chiqaradi. Mahsulotlarning 80 foizi eksport qilinmoqda. Klasterda 1 ming 700 dan ortiq kishi ish bilan ta’minlangan.

Klaster ishlab chiqarayotgan mahsulot avtomobilsozlikda, neft va gaz sohasida, qurilish va sanoatda talabgir.
© press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Djizakskuyu oblast. Pervim punktom programmi poyezdki stal klaster "Basalt Uzbekistan" v Farishskom rayone.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Djizakskuyu oblast. Pervim punktom programmi poyezdki stal klaster Basalt Uzbekistan v Farishskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Djizakskuyu oblast. Pervim punktom programmi poyezdki stal klaster "Basalt Uzbekistan" v Farishskom rayone.

Shavkat Mirziyoyev mahsulot afzalliklarini tadbirkorlarga tushuntirish, o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, yangi sifat sertifikatlari olib, tashqi bozorga chiqishni yanada faollashtirish, xalqaro qurilish va sanoat kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Shuningdek, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va shu joyning o‘zida qo‘yshimcha loyihalarni joylashtirish bo‘yicha vazifa qo‘yildi. Ushbu ishlar natijasida klasterda qo‘shimcha 2 mingta ish o‘rni paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning aytishicha, bazaltdan tayyorlangan qurilish materiallari zanglamaydi. Yengil, lekin mustahkam. Beton qorishmalarining ishqorli muhitiga, tuzli va kislota aralashmalariga chidamli. Devorga bazalt materiali ishlatish mustahkamlikni oshiradi, binoda issiqlikni yaxshi saqlaydi. Yonuvchan emasligi yana bir muhim tomoni. Shu bilan birga, mahsulot narxi ham nisbatan arzon.
Ushbu mahsulotlarni kommunal xo‘jaligi, avtomobilsozlik, to‘qimachilik, neft-gaz va boshqa tarmoqlarda qo‘llash bo‘yicha taqdimot qilindi.
© press-slujba prezidenta Uzbekistana Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Djizakskuyu oblast. Pervim punktom programmi poyezdki stal klaster "Basalt Uzbekistan" v Farishskom rayone.
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Djizakskuyu oblast. Pervim punktom programmi poyezdki stal klaster Basalt Uzbekistan v Farishskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2024
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribil v Djizakskuyu oblast. Pervim punktom programmi poyezdki stal klaster "Basalt Uzbekistan" v Farishskom rayone.
Yangiliklar lentasi
0