O‘zbekiston-Hindiston: Telangana shtati bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Flag Indii i Uzbekistana
Flag Indii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2024
Obuna bo‘lish
Muloqotlar chog‘ida tibbiyot, farmatsevtika, shaxsiy salomatlik kabi sohalarda hamkorlik qilish, qo‘shma loyihalar tashkil qilish va xalqaro bozorda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekiston elchisi Sardor Rustamboyev Hindistonning Telangana shtatida hududlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
Elchixona tomonidan uyushtirilgan uchrashuvlar doirasida tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi hamkorlik istiqbollari asosiy mavzuni tashkil qildi.
Biznes doiralari vakillariga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun yaratilgan qulay muhit, yangi korxonalar tashkil etish va investitsiyalar jalb qilish davlat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotgani, tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishlaridagi erkin iqtisodiy zonalar va klasterlar samaradorligi haqida batafsil so‘zlab berildi.
© IA "Dunyo"Uzbekskie diplomati obsudili perspektivi dvustoronnego sotrudnichestva s kompaniyami indiyskogo shtata Telangana
Uzbekskie diplomati obsudili perspektivi dvustoronnego sotrudnichestva s kompaniyami indiyskogo shtata Telangana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2024
Uzbekskie diplomati obsudili perspektivi dvustoronnego sotrudnichestva s kompaniyami indiyskogo shtata Telangana
Muloqotlar chog‘ida tibbiyot, farmatsevtika, shaxsiy salomatlik kabi sohalarda hamkorlik qilish, qo‘shma loyihalar tashkil qilish va xalqaro bozorda raqobatbardosh bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, axborot texnologiyalari, ko‘chmas mulk, turizm, badiiy va hujjatli filmlar suratga olish sohalarida investitsiyaviy hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilindi.
© IA "Dunyo"Uzbekskie diplomati obsudili perspektivi dvustoronnego sotrudnichestva s kompaniyami indiyskogo shtata Telangana
Uzbekskie diplomati obsudili perspektivi dvustoronnego sotrudnichestva s kompaniyami indiyskogo shtata Telangana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2024
Uzbekskie diplomati obsudili perspektivi dvustoronnego sotrudnichestva s kompaniyami indiyskogo shtata Telangana
Telangana shtati yirik kompaniyalari vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishni yanada rivojlantirishdan manfaatdorlik bildirdi.
Telangana Hindistonning janubida joylashgan bo‘lib, mamlakatning eng yosh shtati hisoblanadi. 2014-yilda tashkil etilgan Telangana izchil rivojlanish ko‘rsatkichlarini namoyish etmoqda. Yangi korxonalar barpo etish va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha innovatsion tashabbuslar o‘z natijasini bermoqda. Bugun mazkur hudud Hindiston hukumatining "Biznes yuritishdagi yengillik" reytingida eng yaxshi shtatlar safidan muntazam joy olib kelmoqda.
Shtatda tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishi, ayniqsa, jadal rivojlanib bormoqda. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Telangananing Hindiston farmatsevtika sanoatiga qo‘shayotgan hissasi 30 foizga to‘g‘ri keladi. Shtat ma’muriy markazi – Haydarobod shahrida tibbiy-biologiya fanlari va tibbiyot texnologiyalari sohasida 20 ga yaqin inkubatorlarning faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu shahar 2028-yilga kelib, 100 milliard dollarlik aylanma mablag‘iga ega biznes-generatorga aylanishi mumkin, deb bashorat qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0