Medvedev “Krokus Siti Xoll”dagi teraktning haqiqiy tashkilotchilari kimligini aytdi

© Sputnik / Kirill KallinikovKrokus Siti
Krokus Siti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev “Krokus Siti Xoll”dagi teraktning haqiqiy tashkilotchilarini aytdi.
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev o‘zining Telegramdagi kanalida “Krokus Siti Xoll”dagi teraktning haqiqiy tashkilotchilari natsistlar Ukrainasi rasmiy shaxslari ekanligini ma’lum qildi.
“Ammo yollanganlarning telefonlaridan e’lon qilingan birinchi ma’lumotlar tashkilotchilarning millatini aniq ko‘rsatib turibdi. Boshqa ko‘plab ochiq va hozircha yopiq narsalar kabi. Bular natsist "Ukraina" rasmiy shaxslari. Aynan ularning xunuk miyasida frontdagi muvaffaqiyatsizliklarni teraktlar bilan qoplash g‘oyasi paydo bo‘lgan, bu ajablanarli emas. Ular yoki qonuniy, yoki boshqacha tarzda javob berishlari kerak. Butun dunyo bo‘ylab terrorchilar bilan qanday muomala qilinsa, shunday. Da’vo muddatisiz”, - deb yozgan Medvedev.
22 mart kuni Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus siti xoll” konsert zalida terakt sodir bo‘ldi: hujumchilar binodagi odamlarga qarata avtomat qurollardan o‘t ochdi va tomosha zalini yoqib yubordi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 145 kishi halok bo‘lgan.
Obstanovka u Krokus Siti Xoll - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2024
"Krokus"da terakt uyushtirganlar aslida ikkita maqsadni ko‘zlagan
Yangiliklar lentasi
0