"Krokus"da terakt uyushtirganlar aslida ikkita maqsadni ko‘zlagan

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishObstanovka u "Krokus Siti Xoll"
Obstanovka u Krokus Siti Xoll - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2024
Obuna bo‘lish
Bu terakt maqsadi — nafaqat Rossiyada musulmonlarga munosabatni o‘zgartirish, balkim Rossiyaning va butun islom olami bilan munosabatlariga zarba berish bo‘lgan.
Terakt ijrochilari allaqachon hibsga olingan – ehtimol uning tashkilotchilarini ham aniqlashning imkoni bordir. Qo‘lga olinganlardan ikki nafari yaqinda Turkiyaga borib kelganiga qaraganda, terakt tashkilotchilaridan biri aynan o‘sha yerda bo‘lgan.

Turkiya maxsus xizmatlari bilan tezkorlik bilan ishlansa, hech bo‘lmaganda tashkilotchilarni aniqlash mumkin. Ammo tashkilotchini qo‘lga olish har doim ham buyurtmachiga olib kelmaydi, chunki ular har doim bir qator vositachilardan foydalanadi. Shu sababli yakuniy buyurtmachini aniqlash juda qiyin. Ehtimol, razvedka xizmatlari yoki buyurtmachining o‘z tuzilmalaridan ma’lumot sizib chiqishi natijasida bo‘lishi mumkin.
Xo‘sh, bularning barchasi nima uchun kerak?

Biz G‘arb tiqishtirayotgan “IShID*-Xuroson terrorchilik hujumi” versiyasini qabul qilmadik va Ukraina hamda anglo-sakslardan shubhalana boshladik. To‘g‘ri, hozir bizda ushbu terrorchilik izlari to‘g‘ri Kiyev, London yoki Vashingtonga olib borishini isbotlashning iloji yo‘q. Buning uchun ehtimol yillar kerak bo‘ladi. Lekin biz bu klassik ko‘rinishdagi "soxta bayroq" ostida amalga oshirilgan operatsiya ekanligiga ishonamiz. IShID* shunchaki tashqi mijoz uchun buyurtma bajarganiga amalda ishonamiz. Ehtimol, terrorchilar, Tojikiston fuqarolari ham bu ishni "IShID*dagi birodarlar" uchun qilayotganiga ishonchi komil bo‘lishi mumkin. Lekin biz bir savolga javob berishimiz kerak — Bu yovuzlikdan kimga foyda?
Rossiya jamiyatida qo‘rquv va tarqoqlik solishni istaydigan g‘arbdagi raqiblarimiz uchun foydali. Ular bu vaziyatdan o‘zlari uchun foydalanishni maqsad qilgan: ruslar qaranglar, hukumatingiz Rossiya uchun asosiy tahdid Ukraina va G‘arbdan kelmoqda deb sizni ishontirmoqda, ammo o‘z uyingizda sizni o‘ldirishga tayyor bo‘lgan musulmon migrantlar yashaydi. Mana, sizning Sharqdagi yangi ittifoqchingiz. Global Janub, mustamlakachilikka qarshi Sharq, siz u bilan G‘arbga qarshi do‘st bo‘lmoqchisiz, lekin ular sizni dafn qiladi!
Bunday tashviqot yangilik emas, lekin agar ilgari uning maqsadi shunchaki Rossiyada tartibsizlik uyushtirish bo‘lgan bo‘lsa, endi unda yana bir maqsad paydo bo‘ldi. Bu — nafaqat Rossiyadagi ruslar va musulmonlar o‘rtasidagi munosabatlarga, balkim Rossiyaning va butun islom olami bilan munosabatlariga zarba bermoqchi.
Ikki milliardlik islom dunyosi Xitoy va Hindiston bilan bir qatorda Sharq ham Global Janubning muhim qismini tashkil etadi. Anglo-sakslar musulmonlarni Rossiyaga qarshi gijgijlashda boy tajribaga ega. Agar siz tarixni chuqur o‘rganmasangiz, o‘tgan asrning ikkinchi yarmida AQSh va Buyuk Britaniya Saudiya Arabistonini "Moskvadan kelgan xudosizlar" tahdidi ostida ekanligiga qanday ishontirganini eslash kifoya. Keyin afg‘on fojiasi bizga qarshi kuchli va asosiy tarzda qo‘llanildi - bu mamlakatdagi fuqarolar urushida hukumat tomonida ishtirok etishimiz "islomga qarshi urush", SSSRga qarshi “jihod”ga chaqirish sifatida qabul qilindi. Keyin Checheniston bor edi, u yerda Rossiyaning harakatlari "musulmonlarning genotsidi" sifatida ko‘rsatishga urinishdi.

Ammo so‘nggi o‘n yilliklarda Rossiyaning islom olami bilan munosabatlari yaxshilanib bordi. Bu mintaqada bir necha qonli urushlar uyushtirgan AQShning obro‘si esa to‘kilishi fonida yuz berdi.

2022 yil fevralidan keyin islom dunyosi Amerikaning Rossiyani yakkalab qo‘yish chaqirig‘iga bo‘ysunmadi – aksincha, har ikki tomonni G‘arb sanksiyalaridan himoya qilish maqsadida aloqalarimiz chuqurlasha boshladi. Isroilning G‘azodagi amaliyoti boshlanganidan keyin esa islom dunyosi va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar keskin yomonlashdi. AQSh va Yevropaning Netanyaxuga va’da qilgan bosimlari, bir necha yillardan beri davom etayotgan G‘azo qirg‘inini to‘xtatishga olib kelmadi. Butun islom olami g‘azabda va G‘arbni genotsidga sheriklikda bevosita ayblashi fonida Rossiyaning obro‘yi yanada yuqori bo‘ldi.

"Krokus"dagi teraktdan so‘ng, ruslar tojiklar va boshqa migrantlarga hujum qilishi kerak edi. G‘arb esa bularning barchasini islom olamida targ‘ib qildi? “Mana, ruslar o‘zlarining eski odatlariga qaytib, musulmonlarni kaltaklab, payg‘ambarni haqorat qilmoqdalar! Ular sizning do‘stlaringiz yoki ittifoqchilaringiz emas”.

Janjallashish, ajratish, ideal holda Rossiya va Islom olamini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish anglo-sakslar uchun eng muhim vazifadir. Rossiyani Xitoydan ajratishda mutlaq muvaffaqiyatsizlikka uchragan anglo-sakslar, endi Moskvani jahon islom ummatidan ajratishga umid bog‘lamoqda.

Lekin na Rossiya, na islom dunyosi bunga yo‘l qo‘yadi - biz haqiqatni ko‘rmoqdamiz va tarixdan kerakli xulosalar chiqarib oldik. Bizni kim va nima uchun bir-birimizga qarshi qayramoqchi bo‘layotganini juda yaxshi tushunib turibmiz.

Lekin shu bilan birga biz o‘z zaif tomonlarimizni ham tan olishimiz kerak. Axir, dushman birinchi navbatda ularga zarba beradi, ulardan o‘z provokatsiyalarida foydalanadi.
Bo‘lib o‘tgan terror xurujida fosh bo‘lgan ojizligimiz — migrantlar muammosidir. Bu eski muammo, ko‘p marotaba uning yechimini topishga uringanmiz, turli yo‘llar bilan kurashganmiz, ammo hech qachon hal qilinmagan.
Bunga korrupsiya, lobbichilik, haqiqiy ishchi kuchi tanqisligi yoki tashqi siyosat (Markaziy Osiyo davlatlari bilan ishlash) sababmi? Ehtimol bularning barchasining turli darajadagi kombinatsiyasidir. Lekin bugungi vazifamiz — migratsiya siyosatini, migrantlar bilan ishlash amaliyotini, jumladan fuqarolik olish tartibi, ish beruvchilarning mas’uliyati va boshqa tomonlarinini qayta ko‘rib chiqishdir.

Teraktni amalga oshirishga buyruq berganlarning na musulmonlarga, na migrantlarga aloqasi bor. Bu fojianing o‘zi bizni to‘g‘ri yo‘ldan og‘dirmasligi kerak.

Ammo migratsiya muammosi haqiqatan ham eng jiddiy yondashuvni talab qiladi. Nafaqat qoidalarni kuchaytirish va tashrif buyuruvchilar sonini qisqartirish, balki migratsiya oqimini nazorat qilishning samarali va tushunarli mexanizmini yaratish, migratsiyani cheklash va shu tarzda noqonuniy migratsiyaga barham berish bo‘yicha davlat siyosatini shakllantirish.
Biz buni nafaqat o‘z kelajagimiz va xavfsizligimiz uchun, balki dushmanlarimizni bizga dahshatli zarbalar berish imkoniyatidan mahrum qilish uchun ham qilishimiz kerak.
*Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0