“Xush kelibsiz” – rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga taklif etildi

Obuna bo‘lish
Moskva metrosining 5ta gavjum bekatlarida O‘zbekistonga taklif qiluvchi videolavhalar namoyish etila boshlandi.
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Moskva metrosida 1-apreldan boshlab O‘zbekistonning go‘zalliklari va uning turizm salohiyatini namoyish qiluvchi videolavhalar namoyish etila boshladi.

Lavhalar "Slavanskiy bulvar", "Tretyakovskaya", "Marina-Rosha", "Kitay -gorod", va "Ploshad Revolyutsii" kabi eng gavjum bekatlarida namoyish etilmoqda. Ushbu stansiyalarning umumiy yo‘lovchi tashish hajmi oyiga 5 milliondan ortiq kishini tashkil qiladi.
Tadbir O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0