O‘zbekiston bosh prokurori Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi bilan uchrashdi
© press-slujba SK RossiiPredsedatel SK Rossii provel rabochuyu vstrechu s Generalnim prokurorom Respubliki Uzbekistan
© press-slujba SK Rossii
Obuna bo‘lish
Tomonlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stlik va o‘zaro hurmat an’analariga asoslangan munosabatlarni yuqori baholadi.
TOShKENT, 3 apr – Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev va Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
2020 yilning mart oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuv Rossiya Tergov qo‘mitasi va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlikning konstruktiv va samarali rivojlanishining boshlanishi bo‘lgani ta’kidlandi.
© press-slujba SK RossiiPredsedatel SK Rossii provel rabochuyu vstrechu s Generalnim prokurorom Respubliki Uzbekistan
Predsedatel SK Rossii provel rabochuyu vstrechu s Generalnim prokurorom Respubliki Uzbekistan
© press-slujba SK Rossii
Tomonlar, shuningdek, “Rossiya va O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari o‘rtasidagi to‘liq formatdagi aloqalarni yanada jadal rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdorlik” masalalarini ham muhokama qildilar.
Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbarining ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda ikki idoraning o‘zaro hamkorligi jinoyatchilikka qarshi kurashda muhim dastakga aylanib bormoqda.
© press-slujba SK RossiiPredsedatel SK Rossii provel rabochuyu vstrechu s Generalnim prokurorom Respubliki Uzbekistan
Predsedatel SK Rossii provel rabochuyu vstrechu s Generalnim prokurorom Respubliki Uzbekistan
© press-slujba SK Rossii
Shuningdek, u o‘zbekistonlik hamkasblar tomonidan ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifati va samaradorligini, shuningdek, jinoiy faoliyatga qarshi kurashish bo‘yicha malaka oshirish, bilim va tajriba almashish bo‘yicha ijobiy tajribani yuqori baholadi.
Tomonlar Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p yillik do‘stlik va o‘zaro hurmat an’analariga asoslangan munosabatlarni yuqori baholab, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash manfaatlari yo‘lida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishga ishonch bildirdilar.