Rossiya va O‘zbekiston bosh prokurorlari hamkorlik dasturini imzolashdi

© Press-slujba Generalnoy prokuraturi RFGeneralnie prokurori Rossiyskoy Federatsii i Respubliki Uzbekistan podpisali programmu sotrudnichestva
Generalnie prokurori Rossiyskoy Federatsii i Respubliki Uzbekistan podpisali programmu sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.04.2024
Obuna bo‘lish
Rossiya va O‘zbekiston bosh prokurorlari 2025-yilgacha bo‘lgan hamkorlik dasturi imzolashdi.
TOShKENT, 2 apr – Sputnik. Seshanba kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston bosh prokurorlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Rossiya prokuraturasi matbuot xizmati.
Rossiya bosh prokurori Igor Krasnov 10 kun oldin Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan, yuzdan ortiq odamning umriga zomin bo‘lgan, terrorchilik harakatini esga oldi va ushbu xavf O‘zbekiston uchun ham mavjudligini aytib o‘tdi.

“Shuning uchun ham biz terrorizm harakatlarini bostirish, yoshlarning radikallar safiga kirib ketishining oldini olish bo‘yicha transchegaraviy hamkorlikni chuqurlashtirish va birgalikda, yaqin hamkorlikda harakat qilish muhim ahamiyatga ega. Faqat shu yo‘l bilan biz terror mafkurasi tarqalishining oldini olishimiz mumkin”, — dedi Rossiya bosh prokurori.

Krasnov O‘zbekiston Bosh prokuraturasini MDH Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlatlararo Kengashiga kuzatuvchi sifatida qo‘shilishga taklif qildi.

"Ishonchim komilki, korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi boy professional tajribangiz Kengash faoliyatida talabga ega bo‘ladi", - deya qo‘shimcha qildi Rossiya bosh prokurori.

Shuningdek, Krasnov Yo‘ldoshevni may oyida Sankt-Peterburgda ShHT prokurorlari uchun bo‘lib o‘tadigan ekspert o‘quv tadbirida ishtirok etishga taklif qildi. Unda asosiy mavzu — xorijdan jinoiy aktivlarni xorijdan qaytarish bo‘lishi aytib o‘tildi.
Bundan tashqari, Krasnov O‘zbekiston bosh prokurorini sentabr oyida Vladivostokda bo‘lib o‘tadigan Sharqiy iqtisodiy forumda ishtirok etishni taklif qildi.
“Uchrashuv yakunlari bo‘yicha 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan idoralararo hamkorlik dasturi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0