https://oz.sputniknews.uz/20240330/ozbekistonda-jamoat-xavfsizligini-taminlash-boyicha-chora-tadbirlar-kuchaytiriladi-43208658.html
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi
2024-03-30T12:09+0500
2024-03-30T12:09+0500
2024-03-30T12:09+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
jamoat joylari
xavfsizlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1e/43207603_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_964ba4dfbb4c50922fdf5f427270942b.jpg
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 29-mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Jamoat xavfsizligiga yangi tahdid va xatarlar tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish idoralari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash muhimligi qayd etildi.Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyati oldiga jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, aholi gavjum bo‘ladigan joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlari va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240330/mirziyoev-boshchiligida-iqtisodiyotni-barqaror-ostirish-boyicha-vazifalar-muhokama-qilindi-43207419.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1e/43207603_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_d22fdd6aa9ed70d53cf2aeae057bccac.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi
o‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kuchaytiriladi
Davlat rahbari normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishga topshiriq berdi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 29-mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyatining savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi yirik obyektlarida, shu jumladan savdo-ko‘ngilochar majmualar, bog‘lar, bozorlar va boshqa fuqarolar gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash ishlarining tashkil etilishi to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.
Jamoat xavfsizligiga yangi tahdid va xatarlar tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda huquqni muhofaza qilish idoralari va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, jamoat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash muhimligi qayd etildi.
Davlat rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik subyektlarining bu borada to‘laqonli hamkorlik qilishlarini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishga topshiriq berdi.
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyati oldiga jamoat tartibini saqlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, aholi gavjum bo‘ladigan joylarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan terrorchilik harakatlari va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni ko‘rish vazifasi qo‘yildi.