Mirziyoyev boshchiligida iqtisodiyotni barqaror o‘stirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam stabilnogo razvitiya i povisheniya konkurentosposobnosti otrasley ekonomiki
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po voprosam stabilnogo razvitiya i povisheniya konkurentosposobnosti otrasley ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2024
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda yirik davlat korxonalarining xarajatlarini maqbullashtirish, energiya resurslarini tejash borasida qilinayotgan ishlar natijadorligi ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 30 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda yirik davlat korxonalarining xarajatlarini maqbullashtirish, energiya resurslarini tejash borasida qilinayotgan ishlar natijadorligi atroflicha ko‘rib chiqildi. Dunyo bozoridagi murakkab sharoitda eksport tushumlarini oshirish, korxonalarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash, debitor qarzdorligini kamaytirish, xarajatlar asossiz o‘sishining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.
Alohida e’tibor tarmoq va hududlarning eksport imkoniyatlarini to‘la ishga solish masalalariga qaratildi. Buning uchun tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishda qulay ishlab chiqarish va logistika zanjirlarini yaratib berish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Davlat rahbari ichki bozorda narx-navo barqarorligi masalasiga alohida to‘xtalib, kundalik iste’mol tovarlarini mahalliylashtirishni kengaytirish, korxonalarning quvvatini oshirishga ko‘maklashish zarurligini ta’kidladi.
Yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hududlardagi sanoat zonalari hamda kooperatsiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash kerakligi qayd etildi. Asosiy e’tiborni qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirishga qaratish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2024
Chiqindilar bilan ishlashda yangi tizim yaratiladi — Shavkat Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0