Chiqindilar bilan ishlashda yangi tizim yaratiladi — Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2024
Obuna bo‘lish
Viloyatlarda chiqindi poligonlari eko sanoat zonasiga aylantiriladi, Toshkentda aholi chiqindini saralashi rag‘batlantiriladi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekistonda "Yashil makon" yaratish va chiqindilar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Bu haqidi prezident huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda ma’lum qilindi.

Viloyatlarga chiqindi poligonlari kamayadi

Mavjud 194 ta chiqindi poligonidan resursini o‘tab bo‘lganlari yopiladi. Har bir viloyatda 3-4 tadan chiqindi poligoni maxsus eko-sanoat zonasiga aylantiriladi hamda ularda qayta ishlash va yoqish loyihalari amalga oshiriladi.
Qolgan poligonlar chiqindini vaqtincha to‘plab eko-sanoat zonasini kafolatlangan chiqindi massasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Mutasaddilarga investor topib, o‘z hududida kamida bittadan chiqindini yoqish zavodi qurish topshirildi.
Har bir viloyatdagi 2 tadan tumanda 1-maydan boshlab, tajriba tarzida obodonlashtirish boshqarmalari vazifalari xususiy sheriklik asosida chiqindi korxonalariga o‘tkaziladi.
Xususiy korxonalar o‘z hududida daraxt va gullar ekish, ariqlarni tozalash, ko‘chalarni yoritish va chiqindilarni olib ketish bilan shug‘ullanadi.
Ushbu tajriba o‘zini oqlasa, 2025-yildan barcha tuman va shaharlarda yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkentda alohida tajriba o‘tkaziladi

Poytaxt tumanlaridagi obodonlashtirish boshqarmalarining ko‘chalarni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish, yo‘llarga xizmat ko‘rsatish vazifalari 15-apreldan auksion orqali xususiy sheriklarga beriladi.
Chiqindilarni olib ketish xizmatida to‘lov intizomini tartibga solish uchun, “mahalla yettiligi”ga aslida ko‘rsatilmagan xizmat bo‘yicha noreal qarzni hisobga olmaslik vakolati beriladi.
Ko‘p qavatli uylarda aholini chiqindini saralagan holda tashlashga rag‘batlantiradigan tizim joriy etiladi.
Tadbirkorlar esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.
Ushbu tizim birinchi bosqichda Toshkent, Andijon, Buxoro, Termiz, Angren shaharlari va Toshkent tumanida yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.
Yangiliklar lentasi
0