https://oz.sputniknews.uz/20240329/rossiya-muftiysi-krokusda-odamlarni-qutqargan-osmirlarni-mukofotladi-43202969.html
Rossiya muftiysi "Krokus"da odamlarni qutqargan o‘smirlarni mukofotladi
Rossiya muftiysi "Krokus"da odamlarni qutqargan o‘smirlarni mukofotladi
Sputnik O‘zbekiston
Ravil G‘aynutdin Islom Xalilov va Artom Donskovni "Buyuk xizmatlari uchun" medali bilan mukofotladi. 29.03.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-03-29T18:25+0500
2024-03-29T18:25+0500
2024-03-29T18:33+0500
rossiya
musulmonlar
rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi
krokus siti xolldagi terakt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1d/43203225_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_37fb84009a3410800489ac1c60cffe53.jpg
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiya Musulmonlari diniy boshqarmasi (DUM) "Krokus"dagi terakt vaqtida 100 dan ortiq odamni qutqargan Islom Xalilovni mukofotladi. Mukofotlash marosimi Moskva jome masjidida juma namozi oldidan din peshvolari va jurnalistlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Muftiy shayx Ravil G‘aynutdin 15 yoshli Islom Xalilovni “Buyuk xizmatlari uchun” medali bilan taqdirladi.Islom Xalilov smenada o‘zi bilan birga bo‘lgan barcha yigitlarga minnatdorchilik bildirib, ularning barchasi qahramon ekanini ta’kidladi.DUM Islom Xalilovdan tashqari "Krokus"da odamlarni evakuatsiya qilishga yordam bergan 14 yoshli Artom Donskovni ham “Buyuk xizmatlari uchun” medali bilan taqdirladi.Taqdirlash marosimidan so‘ng Rossiya musulmonlarining ruhiy yetakchisi va ummatning yosh qahramoni birgalikda juma namozini o‘qishdi.Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida 22-mart kuni sodir bo‘lgan dahshatli terakt 144 kishining umriga zomin bo‘ldi, 382 kishi jarohatlangan. Ushbu hodisa munosabati bilan Rossiyada 2018-yildan beri birinchi marta milliy motam e’lon qilindi. Teraktning barcha to‘rt nafar ijrochilari, ular bilan aloqada bo‘lgan gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Tergov qo‘mitasi teraktni uyushtirganlarning ukrainalik millatchilar bilan aloqasi isbotlanganini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240326/krokus-terakt-43155609.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/1d/43203225_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3c295e442f3bd1f21bd49502a8ccfe58.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, musulmonlar, rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi, krokus siti xolldagi terakt
rossiya, musulmonlar, rossiya federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi, krokus siti xolldagi terakt
Rossiya muftiysi "Krokus"da odamlarni qutqargan o‘smirlarni mukofotladi
18:25 29.03.2024 (yangilandi: 18:33 29.03.2024) Ravil G‘aynutdin Islom Xalilov va Artom Donskovni "Buyuk xizmatlari uchun" medali bilan mukofotladi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Rossiya Musulmonlari diniy boshqarmasi (DUM) "Krokus"dagi terakt vaqtida 100 dan ortiq odamni qutqargan Islom Xalilovni mukofotladi.
Mukofotlash marosimi Moskva jome masjidida juma namozi oldidan din peshvolari va jurnalistlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Muftiy shayx Ravil G‘aynutdin 15 yoshli Islom Xalilovni “Buyuk xizmatlari uchun” medali bilan taqdirladi.
“Otishma boshlanganda hamma o‘z hayotini saqlab qolishga harakat qiladi. O‘z jonini saqlab qolmasdan, boshqalar hayotini saqlab qolishga harakat qiladiganlar kam. Bugun oldingizda turgan yosh musulmon, yosh birodarimiz Islom Xalilov ana shunday mard, fidoyi insonlardan biri bo‘lib chiqdi”, — dedi muftiy.
Islom Xalilov smenada o‘zi bilan birga bo‘lgan barcha yigitlarga minnatdorchilik bildirib, ularning barchasi qahramon ekanini ta’kidladi.
DUM Islom Xalilovdan tashqari "Krokus"da odamlarni evakuatsiya qilishga yordam bergan 14 yoshli Artom Donskovni ham “Buyuk xizmatlari uchun” medali bilan taqdirladi.
“Mukofot hamon qahramonlik ko‘rsatgan, odamlar hayotini saqlab qolgan yosh yigit Artom Donskovni ham kutmoqda, u bugun kela olmadi, lekin mukofot unga ham topshiriladi. Musulmonlar nomidan bu mukofot jasorat uchun, chunki insoniyat, jamiyatimiz, xalqimiz, yurtimiz oldidagi xizmatlari uchun”, - dedi G‘aynutdin.
Taqdirlash marosimidan so‘ng Rossiya musulmonlarining ruhiy yetakchisi va ummatning yosh qahramoni birgalikda juma namozini o‘qishdi.
Moskva yaqinidagi "Krokus Siti Xoll" konsert zalida 22-mart kuni sodir bo‘lgan dahshatli terakt 144 kishining umriga zomin bo‘ldi, 382 kishi jarohatlangan. Ushbu hodisa munosabati bilan Rossiyada 2018-yildan beri birinchi marta milliy motam e’lon qilindi. Teraktning barcha to‘rt nafar ijrochilari, ular bilan aloqada bo‘lgan gumonlanuvchilar qo‘lga olindi. Tergov qo‘mitasi teraktni uyushtirganlarning ukrainalik millatchilar bilan aloqasi isbotlanganini ma’lum qildi.