O‘zbekiston vazirlik va idora xodimlari Kuala-Lumpurda malaka oshiradi

© IA "Dunyo"Posol RUz Karomiddin Gadoyev vstetilsya s zamestitelem generalnogo sekretarya MID Malayzii Baloy Chandranom Tarmanom
Posol RUz Karomiddin Gadoyev vstetilsya s zamestitelem generalnogo sekretarya MID Malayzii Baloy Chandranom Tarmanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston elchisi Malayziya Tashqi ishlar vazirligi vakili bilan uchrashdi.
TOShKENT, 28 mar — Sputnik. O‘zbekistondagi vazirlik va idora xodimlarining Kuala-Lumpurda malakasini oshirishi rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya Tashqi ishlar vazirligi bosh kotibining ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari Bala Chandran Tarman bilan uchrashdi.
Suhbat davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Kuala-Lumpurning 2025-yilda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasida (ASEAN) raisligi doirasidagi oliy darajadagi muloqot istiqbollari bo‘yicha fikr almashildi.
Xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi ko‘p tomonlama platformalardagi tashabbus va nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Malayziya texnik hamkorlik dasturi doirasida O‘zbekistonning vazirlik va idoralari vakillarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish istiqbollari xususida fikr almashildi.
“Uchrashuv yakunida Kuala-Lumpur shahrida rejalashtirilgan iqtisodiy diplomatiya, davlat boshqaruvi, korrupsiyaga qarshi kurash, islom moliyasi va bank ishi, halol sanoati, hududiy iqtisodiy rivojlanish, AKT, ta’lim, kiberxavfsizlik, turizmni boshqarish kabi o‘quv kurslarida O‘zbekiston vakillarining ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Molochniy zavod v g. Chekalin Tulskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2024
O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi
Yangiliklar lentasi
0