https://oz.sputniknews.uz/20240108/ozbekiston-malayziya-hamkorlik-oziq-ovqat-mahsulotlar-41965379.html
O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi
O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Malayziyaga O‘zbekistondagi mavjud xom ashyo bazasi, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish taklifi bildirildi.
2024-01-08T17:55+0500
2024-01-08T17:55+0500
2024-01-08T17:55+0500
iqtisod
o‘zbekiston
malayziya
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/08/41961089_0:178:3007:1869_1920x0_80_0_0_903905831b467e08af112bffb307468b.jpg
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Malayziyaning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Fraser & Neave Holdings BHD – F&N" kompaniyasining yangi va xalqaro bozorlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Patrik Xeng bilan uchrashuv o‘tkazdi.Muzokaralarda milliy o‘zbek mahsulotlarini ishlab chiqarilishini diversifikatsiya qilish, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.Patrik Xeng kompaniya faoliyatini kengaytirish va xalqaro bozorlarga kirib borishda Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekistonning o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidladi.Uchrashuv yakuni 2024-yil yanvar oyida "F&N" kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi."Fraser & Neave (F&N)" kompaniyasi 1883-yilda Singapurda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarish korxonalari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri, Ipox, Malakka, Seremban va Penang shtatlarida joylashgan. Korxona oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda kompaniya tomonidan 31 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va jahonning 93 ta mamlakatlariga eksport qilinyapti.
o‘zbekiston
malayziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/01/08/41961089_139:0:2870:2048_1920x0_80_0_0_8fd7a250c7c533dded35915a0efa069d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
malayziya o‘zbekiston qo‘shma investitsiya loyihasi
malayziya o‘zbekiston qo‘shma investitsiya loyihasi
O‘zbekiston va Malayziya hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarmoqchi
Malayziyaga O‘zbekistondagi mavjud xom ashyo bazasi, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish taklifi bildirildi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Malayziyaning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyasi O‘zbekistonda investitsiyaviy loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA
xabar berdi. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning "Fraser & Neave Holdings BHD – F&N" kompaniyasining yangi va xalqaro bozorlarni rivojlantirish bo‘yicha direktori Patrik Xeng bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda milliy o‘zbek mahsulotlarini ishlab chiqarilishini diversifikatsiya qilish, shuningdek, ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Patrik Xeng kompaniya faoliyatini kengaytirish va xalqaro bozorlarga kirib borishda Markaziy Osiyo davlatlari, xususan O‘zbekistonning o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidladi.
"Malayziya tomoniga O‘zbekistondagi mavjud xom ashyo bazasi, hududlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda "F&N" kompaniyasi ishtirokida qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish taklifi bildirildi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakuni 2024-yil yanvar oyida "F&N" kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga ishchi safarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.
"Fraser & Neave (F&N)" kompaniyasi 1883-yilda Singapurda tashkil etilgan. Kompaniyaning asosiy ishlab chiqarish korxonalari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahri, Ipox, Malakka, Seremban va Penang shtatlarida joylashgan. Korxona oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda kompaniya tomonidan 31 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda va jahonning 93 ta mamlakatlariga eksport qilinyapti.