Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi
12:25 25.03.2024 (yangilandi: 12:39 25.03.2024)
© Kabinet ministrov UzbekistanaSvoi soboleznovaniya v svazi s teraktom v "Krokus siti xolle" v Moskve 22-marta s.g. priyexali virazit Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov i i.o. Xokima Tashkenta Shavkat Umurzakov
© Kabinet ministrov Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov va Shavkat Umurzakov elchi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzakov Rossiya Federatsiyasining mamlakatdagi elchixonasiga tashrif buyurib, elchi Oleg Malginov orqali butun Rossiya xalqiga ta’ziya bildirdi.
© Kabinet ministrov Uzbekistana
1/2
© Kabinet ministrov Uzbekistana
© Kabinet ministrov Uzbekistana
2/2
© Kabinet ministrov Uzbekistana
1/2
© Kabinet ministrov Uzbekistana
2/2
© Kabinet ministrov Uzbekistana
“Moskva viloyatidagi "Krokus Siti Xoll"da yuz bergan fojiali voqealar natijasida ko‘plab qurbonlar va jarohatlanganlar haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. O‘zbekiston tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan ushbu terrorchilik harakatini keskin qoralaydi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan va shaxsan o‘z nomimdan halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga, Rossiya Federatsiyasi xalqiga hamdardlik va ta’ziya izhor etaman, shuningdek, barcha yaralanganlarga tez sog‘ayib ketishini tilayman”, — deb yozadi vazir hamdardlik kitobiga.
Avvalroq bosh vazir Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustinga Moskva viloyatidagi "Crocus City Hall" majmuasida sodir bo‘lgan terrakt oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik maktubini yuborgan edi.