Moskvadagi teraktda O‘zbekiston fuqarolari jabrlanmagan — elchixona

© Sputnik / Mariya DevaxinaZdanie posolstva Respubliki Uzbekistan v Moskve.
Zdanie posolstva Respubliki Uzbekistan v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2024
Obuna bo‘lish
Elchixona tinch aholi jabrlangan teraktni chuqur qayg‘u bilan qabul qilganini ma’lum qildi va qurbonlari oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Moskvadagi Krokus Siti Xoll konsert zalida sodir bo‘lgan teraktda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmaganini xabar qildi.
"Krokus Siti Xollda ro‘y bergan portlash va otishma oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani, natijada tinch aholi vakillari jabrlangani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u hissi bilan qabul qildi.
Elchixona qabul qiluvchi davlat huquq-tartibot idoralari bilan yaqin aloqada. Hozirda jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz, shuningdek, barcha jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini izhor qilamiz", - deyiladi elchixona xabarida.
Shu bilan birga elchixona O‘zbekiston fuqarolarini xotirjamlikka va xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirgan. Ehtiyoj bo‘lganda O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga murojaat qilish mumkin. Deyiladi xabarda. Konsullik bo‘limi telefonlari: +7 499 238-36-20; +7-499 230-00-76. Elektron pochta: uzkorus@mail.ru

Juma kuni Moskvadagi Krokus Siti Xoll konsert zaliga uyushtirilgan terakt oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 40 kishi qurbon bo‘lgan 100dan ortiq odam jarohatlangan.
Yangiliklar lentasi
0