https://oz.sputniknews.uz/20240319/fuqarolar-ijtimoiy-himoya-kuchaytirish-43027104.html
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi — yangi qonun
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi — yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilish huquqi berildi.
2024-03-19T14:45+0500
2024-03-19T14:45+0500
2024-03-19T14:45+0500
jamiyat
o‘zbekiston
pensiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18668717_667:522:2711:1672_1920x0_80_0_0_84835e373b60c5e8e77e7fbbcbd3f18b.jpg
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi. Bu bo‘yicha prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga ijarachining nogiron bo‘lib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos bo‘lishini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirildi.Shuningdek fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish huquqi berildi.Bundan tashqari, Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.Shu bilan birga “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, fuqaroda davlat pensiya ta’minoti huquqi yuzaga kelganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ma’lumotlar fuqaroning pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘ladi..
https://oz.sputniknews.uz/20240220/shavkat-mirziyoev-ijtimoiy-himoya-42584715.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/05/0b/18668717_105:0:2836:2048_1920x0_80_0_0_ccc7745184f3a596c083339dfbdc67ed.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
fuqarolar ijtimoiy himoya qonun
fuqarolar ijtimoiy himoya qonun
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi — yangi qonun
Fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qilish huquqi berildi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi. Bu bo‘yicha prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritildi. “Ijara to‘g‘risida”gi qonunga ijarachining nogiron bo‘lib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos bo‘lishini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirildi.
Shuningdek fuqarolarga pensiya tayinlash uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish huquqi berildi.
Bundan tashqari, Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.
Shu bilan birga “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga ham o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, fuqaroda davlat pensiya ta’minoti huquqi yuzaga kelganligi to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladigan ma’lumotlar fuqaroning pensiya to‘lovlarini olishi uchun asos bo‘ladi..