Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasida yangi vazifalarni belgilab berdi — tafsilotlar
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev segodnya provel videoselektornoe soveshanie po prioritetnim zadacham dalneyshego rasshireniya oxvata uslugami v sfere sotsialnoy zashiti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Tutingan oila maxsus sertifikatga ega 30 yoshga to‘lgan odamlar tomonidan tashkil etilib, unga 3-5 nafargacha bolalar qabul qilinadi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Sog‘lig‘i, hayoti xavf ostida bo‘lgan, yetim va nazoratsiz qolgan bolalarni qaramog‘iga olish bo‘yicha “ixtisoslashgan tutingan oila” tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, ehtiyojmand toifani belgilash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqiladi va aynan qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi. Har bir muhtoj fuqaro bo‘yicha individual ijtimoiy xizmatlar dasturi bo‘ladi.
Mahalladagi “yettilik” uchun ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha yagona savolnoma joriy qilinadi. Mahalladagi barcha ijtimoiy xizmatlarni bosqichma-bosqich ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev segodnya provel videoselektornoe soveshanie po prioritetnim zadacham dalneyshego rasshireniya oxvata uslugami v sfere sotsialnoy zashiti.
Shavkat Mirziyoyev segodnya provel videoselektornoe soveshanie po prioritetnim zadacham dalneyshego rasshireniya oxvata uslugami v sfere sotsialnoy zashiti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Protez vositalarini berish, nafaqa va qarovsiz qolgan bolalarga vasiylikni rasmiylashtirish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalarni yolg‘iz deb e’tirof etish kabi 49 ta ijtimoiy xizmat mahallagacha tushirilishi belgilandi. Mahallada ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish elektron platformasi ishlab chiqiladi”, — deyiladi xabarda.
Kelgusi yildan 40 ta tumanda reabilitatsiya, sog‘lomlashtirish va nogironligi bor shaxslarga qaraydiganlarni o‘qitish bo‘yicha ko‘p tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari ishga tushiriladi. Bu orqali, yana 60 ming ehtiyojmand aholi ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olinadi, ularga qarayotgan 3 ming kishi o‘qitiladi.
“1 oktabrdan aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirishni joriy etiladi. Bunda, eng avvalo, “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftarlari jamg‘armalari, keyinchalik bosqichma-bosqich 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar o‘tkaziladi”, — deyiladi xabarda.
Ushbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalanish mumkin bo‘ladi.
"Maktablar, professional ta’lim muassasalarida sharoit yo‘qligi uchun 70 foiz ota-onalar nogironligi bor farzandlarini yashash joyidan uzoq maxsus maktab-internatiga joylashtirishga majbur. Aslida ota-onasi, do‘stlari va mahalladan uzoqlashish har qanday bola uchun katta psixologik zarba", — dedi prezident.
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘qitish, ishga joylashtirish va sportga jalb qilish bo‘yicha milliy tizim yaratiladi.
Tumanlardagi davolash o‘rinlarining 5 foizi nogironligi bo‘lganlarni reabilitatsiya qilishga ajratiladi. Tuman markaziy shifoxonalarida tibbiy reabilitatsiya xonalari tashkil etilishi belgilandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev segodnya provel videoselektornoe soveshanie po prioritetnim zadacham dalneyshego rasshireniya oxvata uslugami v sfere sotsialnoy zashiti.
Shavkat Mirziyoyev segodnya provel videoselektornoe soveshanie po prioritetnim zadacham dalneyshego rasshireniya oxvata uslugami v sfere sotsialnoy zashiti.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Protez vositalari 18 turdan 30 turga, ajratilayotgan mablag‘ esa 1,5 barobar oshirilib, 100 milliard so‘mga yetkaziladi hamda ular bilan ta’minlash elektron shaklda bo‘ladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bunday vositalarni uydan turib, vaucher orqali onlayn yoki “Inson” markazi yordamida istalgan ishlab chiqaruvchidan olishi mumkin bo‘ladi”, — deya qayd etildi xabarda.
Shuningdek, bino va inshootlarni qurish loyihaci nogironligi bo‘lganlar uchun qulay muhit yaratilganligi bo‘yicha ham majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Xorijiy mutaxassislar ishtirokida joriy yilda kamida 500 nafar loyihachi va arxitektorni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun to‘siqsiz muhit yaratishga o‘qitish vazifasi qo‘yildi.
Poytaxtdagi bekatlarni, jamoat transporti, jumladan metroni nogironligi bor odamlarga moslashtirish bo‘yicha ikki yillik dastur amalga oshiriladi. Bu ishlarni hududlarda ham boshlash bo‘yicha viloyat hokimlariga topshiriq berildi.
Nogironligi bo‘lganlarni kasbga tayyorlaydigan 4 ta ixtisoslashgan maktabni tarmoq rahbarlari otaliqqa oladi.
Nogironligi borlar kasanachilik va hunarmandchilik asosida yaratgan mahsulotlarini elektron platforma orqali sotish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Vazirlik va hudud rahbarlariga yil yakuniga qadar barcha budjet tashkilotlariga 20 ming nafar, banklarga kamida 1 ming nafar nogironligi borlarni ishga qabul qilish topshirildi.
“Bundan buyon joylarda vasiylik, homiylik, patronatga olingan hamda oilaviy bolalar uylaridagi bolalar bilan mahalladagi ijtimoiy xodimlar shug‘ullanishi belgilandi. Ular ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar bola oldidagi majburiyatini qay darajada bajarayotganini monitoring qilib, baholab boradi. Buning uchun hokimliklar huzuridagi Vasiylik va homiylik komissiyalari tugatilib, ularning vakolati “Inson” markazlariga o‘tkaziladi”, — deya ta’kidlandi xabarda.
Sog‘lig‘i, hayoti xavf ostida bo‘lgan, yetim va nazoratsiz qolgan bolalarni qaramog‘iga olish bo‘yicha “ixtisoslashgan tutingan oila” tizimi joriy etiladi. Tutingan oila maxsus sertifikatga ega 30 yoshga to‘lgan odamlar tomonidan tashkil etilib, unga 3-5 nafargacha bolalar qabul qilinadi.
Ixtisoslashgan 160 ta ta’lim muassasasida bosqichma-bosqich “g‘amxo‘rlik” guruhlari tashkil qilinadi. Endilikda “Yoshlarga hamrohlik” dasturi asosida bunday yoshlarni qo‘llab-quvvatlash 23 yoshgacha etib belgilanadi (hozirda 18 yosh).
Vazirlar Mahkamasiga oliygohni tamomlagan, ota-ona mehridan mahrum bo‘lgan yoshlarni davlat tashkilotlariga ishga joylashtirish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.
“Inson” markazlari tomonidan haqiqatda uy-joyga muhtoj yoshlar ro‘yxati shakllantiriladi. Shundan kelib chiqib, joriy yilda bu maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar 140 milliard so‘mga yetkaziladi.
Mutasaddilarga 1-iyunga qadar navbatda turgan 500 nafar yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash topshirildi. Har bir tuman shifoxonasida zo‘ravonlikka uchraganlarga tibbiy va ruhiy yordam ko‘rsatish uchun tunu kun ishlaydigan xonalar tashkil etiladi. Qiyin vaziyatdagi yosh onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun “Onalar maskani” xizmatini yo‘lga qo‘yish topshirildi.