https://oz.sputniknews.uz/20240317/ozbekiston-hindiston-talim-tashkilot-hamkorlik-42990292.html
O‘zbekiston va Hindiston ta’lim sohasida hamkorlik qilmoqchi — rejalashtirilgan tadbirlar
O‘zbekiston va Hindiston ta’lim sohasida hamkorlik qilmoqchi — rejalashtirilgan tadbirlar
Sputnik O‘zbekiston
Til o‘rganish, badiiy hunarmandchilik, yoga, raqs, musiqa va teatr kabi turli yo‘nalishlarda virtual darslar tashkil etiladi.
2024-03-17T11:37+0500
2024-03-17T11:37+0500
2024-03-17T11:37+0500
jamiyat
ta’lim
o‘zbekiston
hindiston
talabalar
yoshlar
o‘qituvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/11/36913931_38:168:1253:851_1920x0_80_0_0_b74cc808c1ea9d7abbf53cd5b3d4a507.png
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston ta’lim tashkilotlari hamkorlik qilishga kelishib oldi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining "Ibrat farzandlari" loyihasi va Hindistonning Tagor nomidagi xalqaro maktabi o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.Tomonlar 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun madaniy-ma’rifiy almashinuv dasturlarini rivojlantirish jarayoniga o‘zaro ko‘maklashishga tayyor ekanligini ma’lum qilishdi.Shu maqsadda o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini amalga oshirish va qo‘shma ta’lim tashabbuslarini kengaytirish bo‘yicha loyihalar hayotga tatbiq etiladi. Til o‘rganish, badiiy hunarmandchilik, yoga, raqs, musiqa va teatr kabi turli yo‘nalishlarda virtual darslar tashkil etiladi.Shartnomada tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladigan o‘zaro tashrif ma’ruzalari, seminarlar, vebinarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.O‘zbekiston va Hindiston vakillari hamkorlik ko‘lami chegaralanib qolmasligi, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan har qanday yangi loyiha va tashabbuslar rag‘batlantirilishini ta’kidlagan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/11/36913931_132:147:1070:851_1920x0_80_0_0_1efb8b47ebff39a6c3f1dd27163781a5.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
til o‘rganish badiiy hunarmandchilik yoga raqs musiqa va teatr hindiston o‘zbekiston
til o‘rganish badiiy hunarmandchilik yoga raqs musiqa va teatr hindiston o‘zbekiston
O‘zbekiston va Hindiston ta’lim sohasida hamkorlik qilmoqchi — rejalashtirilgan tadbirlar
Til o‘rganish, badiiy hunarmandchilik, yoga, raqs, musiqa va teatr kabi turli yo‘nalishlarda virtual darslar tashkil etiladi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston ta’lim tashkilotlari hamkorlik qilishga kelishib oldi, deya xabar berdi
"Dunyo" AA. O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligining "Ibrat farzandlari" loyihasi va Hindistonning Tagor nomidagi xalqaro maktabi o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlikni faollashtirishga qaratilgan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
“Hujjatda tomonlarning madaniy va ma’rifiy sohadagi sa’y-harakatlarini yanada boyitish uchun ulkan salohiyat mavjudligi ta’kidlandi va hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi”, — deyiladi xabarda.
Tomonlar 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun madaniy-ma’rifiy almashinuv dasturlarini rivojlantirish jarayoniga o‘zaro ko‘maklashishga tayyor ekanligini ma’lum qilishdi.
Shu maqsadda o‘qituvchi va talabalar almashinuv dasturlarini amalga oshirish va qo‘shma ta’lim tashabbuslarini kengaytirish bo‘yicha loyihalar hayotga tatbiq etiladi. Til o‘rganish, badiiy hunarmandchilik, yoga, raqs, musiqa va teatr kabi turli yo‘nalishlarda virtual darslar tashkil etiladi.
Shartnomada tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga xizmat qiladigan o‘zaro tashrif ma’ruzalari, seminarlar, vebinarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va simpoziumlar o‘tkazish ham ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston va Hindiston vakillari hamkorlik ko‘lami chegaralanib qolmasligi, o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan har qanday yangi loyiha va tashabbuslar rag‘batlantirilishini ta’kidlagan.