Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiyada o‘zini o‘zi band qilgan YeOII fuqarolari maqomi muhokama qilindi

© Fotoxost-agentstvo RIA Novosti / Mediabankka o‘tishYeAES 2023. Rabota foruma
YeAES 2023. Rabota foruma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2024
Obuna bo‘lish
O‘tgan yilning to‘qqiz oyi davomida Rossiyada YeOII davlatlaridan 183 mingdan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatga olingan.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) a’zo davlatlar fuqarolarining Rossiya Federatsiyasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida bo‘lishi muddati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) saytida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda YeIK vakillari, Ittifoq davlatlarining vakolatli organlari, shuningdek, migratsiya va ijtimoiy himoya bo‘yicha ekspertlar ishtirok etdi.
Komissiyaning Mehnat migratsiyasi va ijtimoiy himoya departamenti direktori o‘rinbosari Oleg Artamonov Rossiyada “Professional daromad solig‘i” maxsus soliq rejimini o‘rnatish bo‘yicha eksperiment davom etayotganini, uning doirasida Ittifoq mamlakatlari fuqarolari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini aytdi.
“Rossiya Federal Soliq xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning to‘qqiz oyi davomida mamlakatda YeOII davlatlaridan 183 mingdan ortiq o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar ro‘yxatga olingan”, - dedi YeIK vakili.
Muhokama natijasida YeOII fuqarolari – professional daromad solig‘i to‘lovchilarining bo‘lish muddatini uzaytirish mexanizmi masalasiga umumiy yondashuvni ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga qaror qilindi.
Zapusk proizvodstva ofsetnoy bumagi na Turinskom sellyulozno-bumajnom zavode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOII qoplamali materiallarni ishlab chiqarish uchun evkalipt sellyulozasiga bojni pasaytirdi
Yangiliklar lentasi
0