Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII qoplamali materiallarni ishlab chiqarish uchun evkalipt sellyulozasiga bojni pasaytirdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishZapusk proizvodstva ofsetnoy bumagi na Turinskom sellyulozno-bumajnom zavode
Zapusk proizvodstva ofsetnoy bumagi na Turinskom sellyulozno-bumajnom zavode - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.03.2024
Obuna bo‘lish
Qabul qilingan qaror tayyor mahsulot tannarxini pasaytiradi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida asosiy qog‘oz ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi.
TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati yarim oqartirilgan yoki oqartirilgan qattiq yog‘och sellyulozasining ayrim turlari uchun import bojxona to‘lovi stavkasini doimiy asosda bojxona qiymatining 2,5 foizi miqdorida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi, deya xabar beradi YeIK matbuot xizmati.
Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun o‘tgach kuchga kiradi.
“Ko‘rib chiqilayotgan bojxona tariflarini tartibga solish chorasi pol qoplamalari, mebel ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yog‘och-qirindi plitalari va tolali plitalar, shuningdek, ichki bezatish uchun materiallar va boshqa tovarlar uchun astarli qog‘oz ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan”, — deya tushuntirdi YeIKning bojxona, tarif va tarifdan tashqari tartibga solish departamenti direktori Vaagn Kazaran.
Shuningdek, u evkalipt sellyulozasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida ishlab chiqarilmasligini, shu bilan birga, bu material odatda asosiy qog‘oz ishlab chiqarishda qo‘llanilishini qo‘shimcha qildi.
Tovarlarni tashqi iqtisodiy faoliyat tovar tasnifining 4703 29 000 1 kichik pozitsiyasiga tasniflash faqat vakolatli organ import qilinadigan tovarlarning mo‘ljallangan maqsadini tasdiqlagan taqdirdagina mumkin.
“Qabul qilingan qaror sellyuloza-qog‘oz sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi, tayyor mahsulot tannarxini pasaytiradi, YeOII mamlakatlarida asosiy qog‘oz ishlab chiqaruvchi korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi, ko‘rsatilgan mahsulotning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, YeOIIning Yagona bojxona tarifida ushbu mahsulot uchun bojxona qiymatining 7,5 foizi miqdorida import bojxona to‘lovi stavkasi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0