Biz hech qanday saylovga aralashmaymiz — Putin

© Sputnik / Gavriil Grigorov / Mediabankka o‘tishIntervyu Vladimira Putina gendirektoru "Rossiya segodnya" Dmitriyu Kiselevu
Intervyu Vladimira Putina gendirektoru Rossiya segodnya Dmitriyu Kiselevu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2024
Obuna bo‘lish
Vladimir Putin AQShda faol prezidentlik saylovlari poygasi haqidagi savolga javob berar ekan, amerikalik saylovchi ishongan har qanday yetakchi bilan hamkorlik qilishini ma’lum qildi.
TOShKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Rossiya segodnya" xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselovga bergan intervyusida “amerikalik saylovchi ishongan har qanday yetakchi bilan hamkorlik qilamiz”, deb aytdi.
Vladimir Putin AQShda faol prezidentlik saylovlari poygasi haqidagi savolga javob berar ekan, amerikalik saylovchi ishongan har qanday yetakchi bilan hamkorlik qilishini ma’lum qildi.
U o‘z so‘zida “Biz hech qanday saylovga aralashmaymiz va ko‘p marta aytganimdek, Amerika xalqi, amerikalik saylovchi ishongan har qanday yetakchi bilan hamkorlik qilamiz”, deb aytdi.

“To‘rt yildan ko‘proq vaqt oldin suhbatlarning birida u (Tramp - tahr.) menga shunday dedi: "Uxlayotgan Jo" g‘alaba qozonishini xohlaysizmi? Keyin biz go‘yoki uni nomzod sifatida qo‘llab-quvvatlaganimiz uchun uni ta’qib qila boshlashgani hayron qoldirdi. Bu mutlaqo bema’nilik. Bugungi saylovoldi vaziyatga kelsak, u tobora madaniyatsizlashib bormoqda. Men bu masala bo‘yicha hech qanday izoh berishni xohlamayman. Lekin bu mutlaqo aniq, menimcha, Amerika siyosiy tizimi so‘zning har qanday ma’nosida o‘zini demokratik deb da’vo qila olmasligi hammaga ayon”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Tramp saylovlarda g‘alaba qozonsa, Kiyevga pul bermaslikka va’da bergan — Orban
Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.12.2023
Lavrov Rossiyaning AQSh prezidentlik saylovlariga munosabati haqida gapirdi
Yangiliklar lentasi
0