O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishi mumkin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishProizvodstvo avtomobiley. Illyustrativnoe foto
Proizvodstvo avtomobiley. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2024
Obuna bo‘lish
Tojikistonda avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarish masalasi muhokama etildi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston birgalikda avtomobil ishlab chiqarishni muhokama qildi, deya xabar berdi “Xovar” MAA.
Dushanbeda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Zavqi Zavqizoda bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlari tomonidan Dushanbe shahrida hamraislik qilishi rejalashtirilgan savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisiga tayyorgarlik ko‘rish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish jumladan, Tojikistonda avtomobillarni birgalikda ishlab chiqarish va O‘zbekiston avtomobil sanoati ehtiyojlari uchun “TALKO” OAJ negizida shinalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Zarafshon darosida ikkita gidroyelektr stansiyasini birgalikda qurish yuzasidan fikr almashildi.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo hajmi 504,4 million dollarni tashkil etgan, O‘zbekiston 6,1 foizlik ulush bilan Tojikiston tashqi savdo aylanmasi tarkibida 5-o‘rinni egallagan.
Shu bilan birga, tomonlar ushbu ko‘rsatkich mamlakatlar o‘rtasidagi mavjud imkoniyatlarni aks ettirmasligi, bu salohiyatdan to‘liq foydalanish uchun hali ko‘p imkoniyatlar mavjudligiga ishonch bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qayd etilgan masalalarni hayotga tatbiq etishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Posevnaya kampaniya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2024
Tojikiston O‘zbekistonga paxta va sholi yetishtirish bo‘yicha agroklaster yaratishni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0