https://oz.sputniknews.uz/20240311/aripov-rahmon-42882577.html
Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi
Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir, dastlab, prezident Emomali Rahmonga O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, ikki Davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi"
2024-03-11T18:34+0500
2024-03-11T18:34+0500
2024-03-13T11:38+0500
siyosat
tojikiston
o‘zbekiston
emomali rahmon
abdulla aripov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0d/42911428_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_f94431bcadb2142cfa1bda60c5e2dd5d.jpg
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston respublikasi hukumati delegatsiyasini qabul qildi.Tojikiston rahbari O‘zbekiston delegatsiyasining Dushanbega tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtayi nazaridan muhim ekanini hamda so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.Shuningdek, 2022-yil iyun oyida O‘zbekistonda oliy darajada bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida tarixiy hujjat – Abadiy do‘stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingani va boshqa muhim kelishuvlar ikki birodar xalqlarimiz manfaatlariga to‘la javob berishini qayd etdi.Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240311/ozbekiston-tojikiston-avtomobil-ishlab-chiqarish-42874338.html
tojikiston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/03/0d/42911428_29:0:2760:2048_1920x0_80_0_0_55e7d55bc10ae91276e85b1f86f13821.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
abdulla aripov dushanbe emomali rahmon uchrashuv o‘zbekiston tojikiston munosabatlar aloqalar ma’lumot
abdulla aripov dushanbe emomali rahmon uchrashuv o‘zbekiston tojikiston munosabatlar aloqalar ma’lumot
Aripov Tojikiston prezidenti bilan uchrashdi
18:34 11.03.2024 (yangilandi: 11:38 13.03.2024) Uchrashuvda bir qator sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Dushanbe shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon O‘zbekiston respublikasi hukumati delegatsiyasini
qabul qildi. Tojikiston rahbari O‘zbekiston delegatsiyasining Dushanbega tashrifi hamkorlik istiqbollarini belgilash nuqtayi nazaridan muhim ekanini hamda so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalar jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
"Bosh vazir, dastlab, prezident Emomali Rahmonga O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazar ekan, ikki Davlat rahbarlari o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqot mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, 2022-yil iyun oyida O‘zbekistonda oliy darajada bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida tarixiy hujjat – Abadiy do‘stlik va ittifoqchilikni mustahkamlash to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilingani va boshqa muhim kelishuvlar ikki birodar xalqlarimiz manfaatlariga to‘la javob berishini qayd etdi.
Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, energetika, transport-logistika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda yangi loyihalarni izchil amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.