Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

CC BY-SA 2.0 / Dan Lundberg / 20141002_Uzbekistan_0818 SamarkandSkorostnoy poyezd "Afrosiyob" v Samarkande.
Skorostnoy poyezd Afrosiyob v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2024
Obuna bo‘lish
Navro‘z bayrami munosabati bilan ayrim shaharlarga qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Navro‘z bayramida Toshkentdan Samarqand va Qarshiga qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovi yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar berdi "O‘zbekiston temir yo‘llari".
Samarqandga qo‘shimcha reyslar 21-22-23-24-25 mart kunlariga, Qarshiga 20-21 mart kunlariga qo‘yilgan.
Poyezdlar quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli “Samarqand — Toshkent” yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
776-sonli “Toshkent — Samarqand” yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
762-sonli “Toshkent — Qarshi” yo‘nalishi: Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33.
761-sonli “Qarshi — Toshkent” yo‘nalishi: Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20.
Torjestva po sluchayu Navruza v parke Yangi Uzbekiston. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2024
O‘zbekistonda Navro‘z bayrami qanday nishonlanadi — prezident qarori
Yangiliklar lentasi
0