https://oz.sputniknews.uz/20240305/ozbekiston-navroz-bayram-nishonlash-prezident-qaror-42774458.html
O‘zbekistonda Navro‘z bayrami qanday nishonlanadi — prezident qarori
O‘zbekistonda Navro‘z bayrami qanday nishonlanadi — prezident qarori
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.
2024-03-05T10:46+0500
2024-03-05T10:46+0500
2024-03-05T11:58+0500
jamiyat
o‘zbekiston
navro‘z
bayram
yangi qaror
prezident qarori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/15/33099176_0:133:1280:853_1920x0_80_0_0_3057ff36678876d6566aa6968c3da48c.jpg
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq bayrami “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida nishonlanadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.“2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.Bayramni tashkil etishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Navro‘z umumxalq bayrami O‘zbekistonda “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida nishonlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20240305/ramazon-oyi-boshlanishi-rasman-42774067.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/15/33099176_117:0:1254:853_1920x0_80_0_0_6aa0df205163efb3e327f3ca6a6b5619.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston navro‘z bayrami prezident qarori
o‘zbekiston navro‘z bayrami prezident qarori
O‘zbekistonda Navro‘z bayrami qanday nishonlanadi — prezident qarori
10:46 05.03.2024 (yangilandi: 11:58 05.03.2024) Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq bayrami “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida nishonlanadi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan tegishli qarorda
nazarda tutilgan. “2024 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatda “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuqori darajada keng nishonlanadi.
Bayramni tashkil etishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi:
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillarini tashkil etish;
Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama e’zozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan hamda ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish, ular uchun dasturxonlar tashkil etish hamda turli xayriya tadbirlarini amalga oshirish;
“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, Navro‘z bayrami arafasida respublikaning barcha hududlarida, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga qaratilgan umumxalq hasharlarini o‘tkazish.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Navro‘z umumxalq bayrami O‘zbekistonda “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari
shaklida nishonlangan.