Hindistonda “Dunyo go‘zali” go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Chexiya vakili Kristina Pishkova g‘olib bo‘ldi, deb xabar berdi Hindu nashri.Tadbirning finali Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tdi. Tojni g‘olibga avvalgi dunyo go‘zali polshalik Karolina Belyavska topshirdi. Bu yilgi musobaqada dunyoning 115 davlatidan qizlar ishtirok etdi.Ishtirokchi Chexiya Respublikasidan ikkinchi "Dunyo go‘zali" bo‘ldi - 2006-yilda bu unvonni uning hamurti Tatana Kuxarjova olgan edi.Hindiston ikkinchi bor “Dunyo go‘zali” tanloviga mezbonlik qildi. Final mamlakatda avval 1996-yilda o‘tkazilgan. O‘tgan yili musobaqa Puerto-Rikoda bo‘lib o‘tgan.
Musobaqada 115 davlatdan kelgan ishtirokchilar bilan bellashgan Chexiya vakili Kristina Pishkova g‘olib bo‘ldi.
Hindistonda “Dunyo go‘zali” go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Chexiya vakili Kristina Pishkova g‘olib bo‘ldi, deb xabar berdi Hindu nashri.
Tadbirning finali Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tdi. Tojni g‘olibga avvalgi dunyo go‘zali polshalik Karolina Belyavska topshirdi. Bu yilgi musobaqada dunyoning 115 davlatidan qizlar ishtirok etdi.
Ishtirokchi Chexiya Respublikasidan ikkinchi "Dunyo go‘zali" bo‘ldi - 2006-yilda bu unvonni uning hamurti Tatana Kuxarjova olgan edi.
Hindiston ikkinchi bor “Dunyo go‘zali” tanloviga mezbonlik qildi. Final mamlakatda avval 1996-yilda o‘tkazilgan. O‘tgan yili musobaqa Puerto-Rikoda bo‘lib o‘tgan.