Pokistonda yangi bosh vazir saylandi

© AP Photo / AKIRA SUEMORIGosudarstvenniy deyatel Pakistana Shexbaz Sharif.
Gosudarstvenniy deyatel Pakistana Shexbaz Sharif. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2024
Obuna bo‘lish
Shahboz Sharif Pokiston bosh vaziri etib saylandi.
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Pokiston musulmon ligasi partiyasi vakili Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri bo‘ldi. Bu haqda Geo TV xabar berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.

"Shahboz Sharif 201 ovoz bilan bosh vazir etib saylandi. Umar Ayub 92 ovoz oldi", — dedi Milliy majlis spikeri Ayaz Sadik.

Parlament quyi palatasi spikeri shundan so‘ng Shahboz Sharifni bosh vazir kursisiga o‘tirishga va uni Vakillar palatasida nutq so‘zlashga taklif qildi.
Ma’lumot uchun, 72 yoshli Shahboz Sharif 2022-yilda Imron Xon hokimiyatdan ag‘darilganidan so‘ng parlament 2023-yil avgustida tarqatib yuborilgunga qadar 16 oy davomida Pokiston koalitsion hukumatini boshqarib, milliy saylovlar uchun zamin yaratdi. U avvalroq Pokistonning eng ko‘p aholisi bo‘lgan Panjob viloyatida bosh vazir lavozimida ishlagan.
Pokiston Milliy Assambleyasiga saylovlar 8-fevral kuni bo‘lib o‘tdi.
Storonniki partii Dvijenie za spravedlivost s portretom Imrana Xana vo vremya mitinga. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.02.2024
Atom bombasi AQSh aralashuvidan himoya qilmaydi
Yangiliklar lentasi
0