Endi zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqish mumkin

© Sputnik/Anna JelixovskayaYuvelirnie izdeliya. Illyustrativnoe foto
Yuvelirnie izdeliya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Obuna bo‘lish
Qiymati 100 mln so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqishga ruxsat berilmoqda.
TOShKENT, 31 okt — Sputnik. O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qiymati 100 mln so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqishga ruxsat berildi. Prezident 31-oktabr kuni imzolagan farmon bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar qiymati 100 million so‘mgacha bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan, 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lganlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishi mumkin.
Ilgari qiymati 5 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan tayyor zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda O‘zbekistondan tashqariga olib chiqishga ruxsat berilgan.
Shuningdek, Hukumat qarori (283-son, 14.05.2020 y.) bilan tasdiqlangan nizomga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YaTTlarga zargarlik buyumlarini yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda ma’lumotlarni TSOYaEATga kiritmasdan O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga tijorat maqsadlarida olib chiqishga ruxsat beriladi.
Zolotie ukrasheniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Zargarlik buyumlarini bojxonadan olib kirish tartibi yengillashadi – yangi qaror
Yangiliklar lentasi
0