Laziz Kudratov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanLaziz Kudratov prinyal posla respubliki Tadjikistan v respublike Uzbekistan Abdujabbora Raxmonzoda.
Laziz Kudratov prinyal posla respubliki Tadjikistan v respublike Uzbekistan Abdujabbora Raxmonzoda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.02.2024
Obuna bo‘lish
Uchravshuvda ikki mamlakat sanoat tarmoqlaridagi ishchi guruhlari o‘rtasida aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi.
TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida loyihalarni amalga oshirishning borishi hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Qozog‘iston va Tojikistonda “made in Uzbekistan” savdo uyi ochiladi
"Oliy va yuqori darajada, jumladan, hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari doirasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida hayotga tatbiq qilish muhimligi qayd etildi. Qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirishga doir qator masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi, yangi investitsiya tashabbuslari bo‘yicha yagona yondashuvlar ishlab chiqildi", — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida tomonlar ikki mamlakat sanoat tarmoqlaridagi ishchi guruhlari o‘rtasida aloqalarni faollashtirishga kelishib olishdi. Bunda o‘zaro rejalarni muvofiqlashtirish, takliflar ishlab chiqish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish maqsad qilingan.
Posevnaya kampaniya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2024
Tojikiston O‘zbekistonga paxta va sholi yetishtirish bo‘yicha agroklaster yaratishni taklif qildi
Yangiliklar lentasi
0