https://oz.sputniknews.uz/20240221/rossiya-ozbekiston-charm-sanoati-yutuqlar-42606149.html
Charm sanoati: o‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatdi
Charm sanoati: o‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatdi
Sputnik O‘zbekiston
Moskvada "Fashion Style Russia" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
2024-02-21T14:11+0500
2024-02-21T14:11+0500
2024-02-21T15:05+0500
iqtisod
o‘zbekiston - rossiya
o‘zcharmsanoat
moskva
ko‘rgazma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/15/42605211_0:121:1280:841_1920x0_80_0_0_8a5898e12ed3cc510e388723f3a585cc.jpg
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik tadbirkorlar Moskvada o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmada qator kelishuvlarga erishdi, deya xabar berdi “O‘zcharmsanoat” uyushmasi.Moskvada charm, poyabzal, kiyimlar va charm-attorlik mahsulotlarining "Fashion Style Russia" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo 20 taga yaqin korxonalar “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendi bilan ishtirok etmoqda.Qayd etilishicha, O‘zbekistoning “Ulkan Laziz” MChJ Rossiyaning "Divali", "Profi", "Obuvnie texnologii" kabi qator korxonalari bilan samarali muloqot va muzokaralar o‘tkazdi.Ko‘rgazma doirasida qorako‘l mahsulotlarini Rossiya savdo tarmoqlariga yetkazib berish, poyabzallar eksporti bo‘yicha ham qator muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazma 22-fevralga qadar davom etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/15/42605211_0:1:1280:961_1920x0_80_0_0_b935a54a6c4238938e207b6b63ac24ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
moskva "fashion style russia" xalqaro ko‘rgazmasi o‘zcharmsanoat
moskva "fashion style russia" xalqaro ko‘rgazmasi o‘zcharmsanoat
Charm sanoati: o‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatdi
14:11 21.02.2024 (yangilandi: 15:05 21.02.2024) Moskvada "Fashion Style Russia" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekistonlik tadbirkorlar Moskvada o‘tayotgan xalqaro ko‘rgazmada qator kelishuvlarga erishdi, deya xabar berdi
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi. Moskvada charm, poyabzal, kiyimlar va charm-attorlik mahsulotlarining "Fashion Style Russia" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda “O‘zcharmsanoat” uyushmasiga a’zo 20 taga yaqin korxonalar “Made in Uzbekistan” jamoaviy stendi bilan ishtirok etmoqda.
“Mahalliy korxonalar xorijiy hamkorlar e’tiboriga charm, poyabzal, charm-attorlik buyumlari, qorako‘l va mo‘yna mahsulotlarining 100 dan orti turini taqdim etgan. Xalqaro ko‘rgazma mahalliy korxonalarimizga biznes aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yangi xaridorlar portfelini shakillantirishga xizmat qilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, O‘zbekistoning “Ulkan Laziz” MChJ Rossiyaning "Divali", "Profi", "Obuvnie texnologii" kabi qator korxonalari bilan samarali muloqot va muzokaralar o‘tkazdi.
"Divali korxonasi" bilan kamarlar ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan tayyor charmni yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shartnomaning umumiy summasi 100 ming dollarni tashkil etadi. "Profi" korxonasi esa 200 ming dollarlik charm va kamarlarni O‘zbekistondan xarid qiladigan bo‘ldi. "Obuvnie texnologii" kompaniyasi esa mamlakatimiz korxonalaridan 6 ming juft poyabzal ustki qismlarini oladigan bo‘ldi. Shartnoma qiymati 4 mln rublni tashkil etadi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ko‘rgazma doirasida qorako‘l mahsulotlarini Rossiya savdo tarmoqlariga yetkazib berish, poyabzallar eksporti bo‘yicha ham qator muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Mazkur ko‘rgazma 22-fevralga qadar davom etadi.