https://oz.sputniknews.uz/20240221/shavkat-mirziyoev-qozonga-boradi-42592035.html
Shavkat Mirziyoyev Qozonga boradi
Shavkat Mirziyoyev Qozonga boradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yetakchisi “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
2024-02-21T09:25+0500
2024-02-21T09:25+0500
2024-02-21T12:58+0500
siyosat
qozon
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
sport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0b/29025764_0:156:3089:1894_1920x0_80_0_0_ad5beb11d69aa80b7782e8b8c109371d.jpg
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi.Ma’lumot uchun, Rossiyada ilk bor tashkil etilayotgan va 21-fevral – 3-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak O‘yinlari” sportning an’anaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan musobaqadir.Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston sportchilari ishtirok etadi.
qozon
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/0b/29025764_128:0:2859:2048_1920x0_80_0_0_488b0ad7ea5ff46a9e3397e23827d122.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev qozon “kelajak o‘yinlari” musobaqasi vladimir putin
shavkat mirziyoyev qozon “kelajak o‘yinlari” musobaqasi vladimir putin
Shavkat Mirziyoyev Qozonga boradi
09:25 21.02.2024 (yangilandi: 12:58 21.02.2024) O‘zbekiston yetakchisi “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 21-fevral kuni “Kelajak O‘yinlari” musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Qozon shahrida bo‘ladi.
"Tashrif dasturida ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi ko‘zda tutilgan. Unda 2023-yil 5-7 oktabr kunlari Rossiyaga rasmiy tashrif yakunida erishilgan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi", — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiyada ilk bor tashkil etilayotgan va 21-fevral – 3-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan “Kelajak O‘yinlari” sportning an’anaviy turlari, ilmiy ishlanmalar va raqamli texnologiyalarni o‘zida mujassam etgan musobaqadir.
Ushbu yirik sport tadbirida 107 ta mamlakatdan 227 ta jamoa, shu jumladan O‘zbekiston sportchilari ishtirok etadi.