O‘zbekistonda ilk bor 74 nafar talaba “kon muhandisiga” aylandi

© Filial Natsionalnogo issledovatelskogo texnologicheskogo universiteta "MISIS"Vpervie v Uzbekistane vuz vipustil gornix injenerov
Vpervie v Uzbekistane vuz vipustil gornix injenerov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
Obuna bo‘lish
Mamlakatda ilk bor noyob kasb egalari tayyorlandi.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor 74 nafar talabaga “Kon muhandislari” diplomlari topshirildi. Bu haqda Olmaliq shahridagi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filiali matbuot xizmati Sputnik O‘zbekiston muxbiriga xabar berdi.
Olmaliqdagi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” filialida “Ochiq kon ishlari”, “Foydali qazilmalarni yer ostida qazib olish”, “Konchilik mashinalari va jihozlari”, “Foydali qazilmalarni boyitish” ixtisosliklari bo‘yicha besh yarim yil ta’limdan so‘ng ilk 74 nafar talabaga “Kon muhandislari” diplomlari topshirildi.
© Filial Natsionalnogo issledovatelskogo texnologicheskogo universiteta "MISIS"Vpervie v Uzbekistane vuz vipustil gornix injenerov
Vpervie v Uzbekistane vuz vipustil gornix injenerov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2024
Vpervie v Uzbekistane vuz vipustil gornix injenerov
Marosimda “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari, O‘zbekistondagi “Rossotrudnichestvo”ning rahbari, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning prorektori ham ishtirok etdi.
© Filial Natsionalnogo issledovatelskogo texnologicheskogo universiteta "MISIS"
Vpervie v Uzbekistane vuz vipustil gornix injenerov - Sputnik O‘zbekiston
1/3
© Filial Natsionalnogo issledovatelskogo texnologicheskogo universiteta "MISIS"
Vpervie v Uzbekistane vuz vipustil gornix injenerov - Sputnik O‘zbekiston
2/3
© Filial Natsionalnogo issledovatelskogo texnologicheskogo universiteta "MISIS"
Vpervie v Uzbekistane vuz vipustil gornix injenerov - Sputnik O‘zbekiston
3/3
1/3
2/3
3/3
Konchilik ishi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimi dunyoning eng rivojlangan va iqtisodiyoti baquvvat davlatlardagina mavjud. Sababi – bu noyob kasb egalarini tayyorlash juda katta mablag‘, moddiy-texnik baza va laboratoriyalarni talab etadi. Mazkur mamlakatlar soni oz bo‘lib, ularning qatoriga AQSh, Xitoy, Hindiston, Rossiya hamda Yevropa mamlkatlari kiradi. Ana shunday davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham qo‘shildi.
“2024 yil O‘zbekiston tog‘-konchiligi va oliy ta’lim tizimida yangi burilish davri bo‘ldi. O‘tgan mustaqillik davrida mamlakatimizda ilk bor butun dunyoda noyob hisoblangan “Kon muhandis”lari tayyorlandi”, — deyiladi xabarda.
OKMK va MISiS orasida texnologik hamkorlik kuchaymoqda
Hozirda filial 30 dan ortiq horijiy ilmiy-tadqiqot institulari hamda metallurgiya kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. Ular qatorida Rossiya fanlar akademiyasi, Qozog‘iston milliy fanlar akademiyasi, “StalProyekt”, “Metallurgiya” institutlari hamda “Nord Engineering”, “Kanex Group”, “China ENFI Engineering Corporation”, “Norilskiy Nikel” kombinati, “Sredazsvetmetenergo” kompaniyasi va boshqalar bor.
Ma’lumot uchun, Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS” Olmaliq filiali 2018-yili O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Bugunga qadar tog‘-konchilik sohasida 241 ta mutaxassis tayyorlangan.
O‘zbekiston metallurgiyasini rivojlantirishni istayman - Rossiya oliygohi bitiruvchisi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2023
Rossiya oliygohi bitiruvchisi: O‘zbekistonda metallurgiyani rivojlantirmoqchiman — video
Yangiliklar lentasi
0