Rossiya oliygohi bitiruvchisi: O‘zbekistonda metallurgiyani rivojlantirmoqchiman — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Bahrom Mo‘minjonov “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filiali bitiruvchisi.
Qoraqalpog‘istonda Tebinbuloq koni bazasida yirik tog‘-metallurgiya kompleksi qurilmoqda. Bu yerda yiliga 58 mln tonna ruda qazib olinib, undan 3,6 mln tonna temir olinishi mo‘ljallangan.
Loyiha ustida ish olib borayotganlar orasida Bahrom Mo‘minjonov ham bor. U “MISiS” Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Olmaliq filiali bitiruvchisi.

“Ayni paytda biz O‘zbekistonda metallurgiya sanoatini rivojlantirish imkonini beruvchi loyiha ustida ishlamoqdamiz. Bu to‘liq ishlab chiqarish siklini nazarda tutadi - ruda qazib olishdan po‘lat mahsulotlarigacha", - dedi Mo‘minjonov.

Bahrom Mo‘minjonov haqida batafsil — Sputnik materialida.
Yangiliklar lentasi
0