O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi Rossiyaga boradi — tashrifdan maqsad nima?

© Gosudarstvennaya duma Federalnogo sobraniya Rossiyskoy Federatsii Nuriddin Ismoilov va Vacheslav Volodin
Nuriddin Ismoilov va Vacheslav Volodin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Qonunchilik palatasi va Rossiya Davlat dumasi parlamentlararo komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi 19-20 fevral kunlari Rossiyada bo‘ladi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin hamda Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
“Bo‘lajak uchrashuvlarda parlamentlararo aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash, bu yo‘nalishdagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining Davlat Dumasi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyasining birinchi majlisi bo‘lib o‘tishi nazarda tutilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mazkur tashrif 2022-yil Rossiya parlamenti delegatsiya a’zolarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi davomida rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yili Toshkentda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov va Rossiya Federal majlisi Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin parlamentlararo komissiya to‘g‘risidagi nizomni imzolashgan edi.
Globalniy forum po mejparlamentskomu sotrudnichestvu v realizatsii SUR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2023
BRMini amalga oshirish jahon taraqqiyotining borishini belgilaydi — forumdagi asosiy fikrlar
Yangiliklar lentasi
0