O‘zbekistonda dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi

© Press-slujba AO "Uzbekneftegaz"Rabota sotrudnikov na odnoy iz neftebaz v Uzbekistane. Arxivnoe foto
Rabota sotrudnikov na odnoy iz neftebaz v Uzbekistane. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2024
Obuna bo‘lish
Bugundan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilg‘isi bir tonnasi 11 608 190 so‘mdan birja savdolariga joylashtirildi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. O‘zbekistonda dizel narxi 15 foizga arzonlashtirildi, deya xabar berdi “O‘zbekneftgaz” AJ.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni “O‘zbekneftgaz” AJga birja savdolariga qo‘yilayotgan dizel yonilg‘isi narxini 15 foizga pasaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
"Jamiyat tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni iqtisodiy va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Buxoro zavodida sintetik dizel yonilg‘isi komponentini kompaundlash orqali ishlab chiqarilgan dizel yonilg‘isining narxlari EKO dizel yonilg‘isi narxiga nisbatan 15 foizga arzonlashtirildi", — deyiladi xabarda.
Bugundan jamiyatga qarashli barcha neft baza omborlaridan YEVRO-5 SSDF rusumli dizel yonilg‘isi bir tonnasi 11 608 190 so‘mdan arzonlashtirilgan narxlarda birja savdolariga joylashtirildi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2023
Prezident benzin va dizel zaxirasini shakllantirishni topshirdi
Yangiliklar lentasi
0