https://oz.sputniknews.uz/20230511/prezident-benzin-va-dizel-zaxirasini-shakllantirishni-topshirdi-34857379.html
Prezident benzin va dizel zaxirasini shakllantirishni topshirdi
Prezident benzin va dizel zaxirasini shakllantirishni topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Energiya ta’minotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlanishicha, mamlakatga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan.Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.
2023-05-11T19:33+0500
2023-05-11T19:33+0500
2023-05-11T19:33+0500
iqtisod
jamiyat
shavkat mirziyoyev
benzin
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0b/34857481_0:66:1281:786_1920x0_80_0_0_2c0f51c6de2226575af64486c670b7df.jpg
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov mutasaddilar oldiga benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi xabar qildi.Energiya ta’minotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlanishicha, mamlakatga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan.Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatga shu yilning o‘zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani ta’kidlandi. Endi ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozim.Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan. Viloyat hokimlariga joriy yilning o‘zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini ta’minlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/0b/34857481_231:96:1074:728_1920x0_80_0_0_240b5987e30394b94d291d286c1e2f58.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston benzin dizel zaxira
o‘zbekiston benzin dizel zaxira
Prezident benzin va dizel zaxirasini shakllantirishni topshirdi
Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratiladi.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyov mutasaddilar oldiga benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi
xabar qildi. Energiya ta’minotiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’kidlanishicha, mamlakatga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan.
Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.
Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatga shu yilning o‘zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani ta’kidlandi. Endi ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozim.
Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan. Viloyat hokimlariga joriy yilning o‘zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.
Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini ta’minlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.