Dmitriy Kiselov Jo Bayden bilan intervyu olish uchun so‘rov yubordi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishGeneralniy direktor Mejdunarodnoy mediagruppi "Rossiya segodnya" Dmitriy Kiselev uchastvuyet v prezentatsii proyekta "Osvobojdenie. Put k Pobede".
Generalniy direktor Mejdunarodnoy mediagruppi Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev uchastvuyet v prezentatsii proyekta Osvobojdenie. Put k Pobede. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2024
Obuna bo‘lish
Intervyu xorijiy tillarga tarjima qilinishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. “Rossiya Segodnya” media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning amerikalik jurnalist Taker Karlson bilan tarixiy intervyusidan so‘ng davlatlar o‘rtasidagi muloqotni davom ettirish maqsadida AQSh prezidenti Jo Baydenga intervyu olish uchun so‘rov yubordi. U bu haqda "Rossiya 1" telekanalining "Vesti nedeli" dasturida ma’lum qildi.
Bu suhbat jurnalistika va siyosat tarixiga kiradi — Kiselov
Kiselevning so‘zlariga ko‘ra, so‘rov Vashingtondagi Oq uyga yuborilgan.

“Biz mamlakatlarimizda bir-birini tinglash va eshitish imkoniyati yetishmayotganiga ishonamiz va Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik auditoriyaga qaratilgan intervyuga rozilik berib, munosib o‘rnak ko‘rsatdi, deb hisoblaymiz... Intervyuni men, “Rossiya Segodnya” media guruhi bosh direktori va mamlakatning eng mashhur “Rossiya 1” telekanalidagi “Vesti nedeli” eng yuqori reytingli axborot-tahliliy yakshanba dasturi boshlovchisi Dmitriy Kisolev olishni rejalashtirmoqdaman”, —deyilgan so‘rov xatida.

Intervyu xorijiy tillarga tarjima qilinishi va RIA Novosti Telegram-kanalida, ria.ru veb-saytida va Rossiya hamda butun dunyo bo‘ylab media guruhining ko‘plab media platformalari va ijtimoiy tarmoqlarida tarqatilishi rejalashtirilgan.
Karlson fevral oyida Rossiya rahbari bilan suhbatlashish uchun Moskvaga kelgan edi. U 9-fevralga o‘tar kechasi e’lon qilindi. Ikki soatlik suhbatning salmoqli qismi Ukraina mojarosi va Rossiyaning AQSh, NATO va G‘arb bilan munosabatlariga bag‘ishlanadi. Intervyu X ijtimoiy tarmog‘ida 200 milliondan ortiq ko‘rildi.
Taker Karlson nima sababdan Putindan intervyu olayotganini tushuntirib berdi

“Umuman olganda, AQSh prezidenti Bayden bularning barchasiga yaxshi javob berishi kerak. Oq uy uchun eng yaxshi va eng samarali variant rossiyalik jurnalist bilan oyna intervyusi bo‘ladi. Bizda aytishadiyu - yozning bulbulidek javob kutamiz...” — dedi Kiselev o‘z dasturida.

Putin Taker Karlsonga nima dedi — eng muhim fikrlar
Prezident RF V. Putin otvetil na voprosi jurnalista P. Zarubina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
Biz urushni boshlamadik, biz faqat uni to‘xtatishga harakat qilmoqdamiz — Putin
Yangiliklar lentasi
0