https://oz.sputniknews.uz/20240216/mirziyoev-andijonda-amalga-oshirilishi-rejalashtirilgan-loyihalar-taqdimoti-bilan-tanishdi-42521298.html
Mirziyoyev Andijonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Mirziyoyev Andijonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Andijonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
2024-02-16T09:54+0500
2024-02-16T09:54+0500
2024-02-16T11:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
andijon
andijon viloyati
loyiha
maktab
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/0f/42516174_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d6f0b8cbb641a9fea44f667b74ed35da.jpg
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda jami 1,7 milliard dollarlik 26 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Ular energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va infratuzilma kabi muhim sohalarda.Davlat rahbari xitoylik investorlar bilan suhbatlashdi. Ular O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yuksak darajaga chiqqani, mamlakatdagi ulkan imkoniyatlar ishbilarmonlarga ishonch berayotganini ta’kidlashdi.Mirziyoyev, shuningdek, Andijon shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ko‘zdan kechirdi.Mazkur muassasa o‘tgan yili 50 milliard so‘m davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan. U 504 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5-11 sinflarda aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan. Maktabga o‘quvchilar viloyatning barcha shahar va tumanlaridan imtihon asosida olinadi.Maktab-internatda 60 dan ortiq o‘quv va kompyuter xonalari, chet tili sinflari, laboratoriya mavjud. Shuningdek, 222 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali zamonaviy jihozlangan.Shuningdek, davlat rahbari Andijon shahrida bunyod etilayotgan Universal sport majmuasini borib ko‘rdi.Hozirda to‘rt ming tomoshabinga mo‘ljallangan yopiq zal qurilgan. Unda bir nechta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Jumladan, joriy yil kuzda futzal bo‘yicha jahon chempionatining ayrim o‘yinlari shu yerda o‘tkaziladi.Yirik majmuada basseyn, kafe, restoran ham bo‘ladi. Mashhur sportchilarning mahorat maktablari uchun ham sharoit yaratiladi. Mashg‘ulotlar sport federatsiyalari va oliy ta’lim maskanlari bilan bog‘langan holda olib boriladi.Majmuani samarali ekspluatatsiya qilish, zamonaviy boshqaruvni joriy etish lozimligi aytildi.
https://oz.sputniknews.uz/20240215/dehqon-fermer-raqobatbardosh-shavkat-mirziyoev-42512902.html
o‘zbekiston
andijon viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/02/0f/42516174_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_83732e092072ed16015a6681476bd125.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev andijonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
mirziyoyev andijonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
Mirziyoyev Andijonda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
09:54 16.02.2024 (yangilandi: 11:18 16.02.2024) Mirziyoyev, shuningdek, Andijon shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ko‘zdan kechirdi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yirik loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, xitoylik investorlar bilan hamkorlikda jami 1,7 milliard dollarlik 26 ta loyiha ustida ish olib borilmoqda. Ular energetika, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, ta’lim va infratuzilma kabi muhim sohalarda.
“Masalan, mini gidro elektr stansiyalar, uy-joy va ko‘ngilochar maskanlar qurish, elektrobuslar va ular uchun akkumulyatorlar, keramogranit va beton panellar, dori vositalari ishlab chiqarish, gilos va rezavor mevalar yetishtirish kabi loyihalar ko‘plab ish o‘rinlari, iqtisodiy samaradorligi bilan xalqimizga katta manfaat keltiradi”, - deyiladi xabarda.
Davlat rahbari xitoylik investorlar bilan suhbatlashdi. Ular O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklik yuksak darajaga chiqqani, mamlakatdagi ulkan imkoniyatlar ishbilarmonlarga ishonch berayotganini ta’kidlashdi.
Mirziyoyev, shuningdek, Andijon shahridagi 2-ixtisoslashtirilgan maktab-internatini ko‘zdan
kechirdi.
Mazkur muassasa o‘tgan yili 50 milliard so‘m davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilgan. U 504 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 5-11 sinflarda aniq va tabiiy fanlarni chuqur o‘qitishga ixtisoslashgan. Maktabga o‘quvchilar viloyatning barcha shahar va tumanlaridan imtihon asosida olinadi.
Maktab-internatda 60 dan ortiq o‘quv va kompyuter xonalari, chet tili sinflari, laboratoriya mavjud. Shuningdek, 222 o‘rinli yotoqxona, oshxona, sport zali zamonaviy jihozlangan.
Prezident shu yerda o‘qituvchilar bilan suhbatlashdi. Maktabning yuqori sinflari bilan oliygoh dasturlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlash, bir-birini takrorlaydigan darslarga yoshlarning vaqtini ketkazmasdan, ko‘proq amaliyotga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Umuman, maktablarga ta’lim, tarbiya va ma’naviyat bo‘yicha yangi muhit olib kirish kerakligi ta’kidlandi.
Shuningdek, davlat rahbari Andijon shahrida bunyod etilayotgan Universal sport majmuasini borib ko‘rdi.
Hozirda to‘rt ming tomoshabinga mo‘ljallangan yopiq zal qurilgan. Unda bir nechta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Jumladan, joriy yil kuzda futzal bo‘yicha jahon chempionatining ayrim o‘yinlari shu yerda o‘tkaziladi.
Yirik majmuada basseyn, kafe, restoran ham bo‘ladi. Mashhur sportchilarning mahorat maktablari uchun ham sharoit yaratiladi. Mashg‘ulotlar sport federatsiyalari va oliy ta’lim maskanlari bilan bog‘langan holda olib boriladi.
Majmuani samarali ekspluatatsiya qilish, zamonaviy boshqaruvni joriy etish lozimligi aytildi.