Sohaning quyi bo‘g‘inidagi dehqon va fermer ham raqobatbardosh bo‘lishi kerak - Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie tekstilnogo klastera "Asaka tekstil" v Andijanskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie tekstilnogo klastera Asaka tekstil v Andijanskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Andijon viloyatidagi bir nechta obyektlarni ko‘zdan kechirdi. Qayd etilishicha, tashrif dasturida ko‘zda tutilgan manzillar va rejalar ko‘p.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatidagi bir nechta obyektlarni ko‘zdan kechirdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashrif dasturida ko‘zda tutilgan manzillar va rejalar ko‘p. Birinchisi “Asaka tekstil” klasterining to‘qimachilik korxonasi bo‘ldi. Bu yerda hozirda 83 million dollarlik loyiha evaziga xomashodan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘liq "zanjir" tashkil etilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie tekstilnogo klastera "Asaka tekstil" v Andijanskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie tekstilnogo klastera Asaka tekstil v Andijanskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
“Klaster tizimida Andijon viloyatining Ulug‘nor va Jalaquduq tumanlari hamda Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida 11 ming 200 gektar maydonda paxta yetishtiriladi. Shundan 2 700 gektarda tomchilab sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan”, — deyiladi xabarda.
Asakadagi korxonaga yiliga 11 ming tonna ip-kalava, 8 ming tonna momiq va trikotaj mato, 12 ming tonna ip va matoni bo‘yash, 6 ming tonna tayyor trikotaj va sochiq ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 3 ming 200 kishi ishlamoqda. Korxonada xorijiy hamkorlar talabiga asosan sifat nazorati, kasb o‘rgatish markazi tashkil etilgan. Bo‘yoq sexidan chiqqan suvni tozalash inshooti ham ishga tushirilgan.
Umuman, klaster tomonidan 102 million dollarlik loyihalar amalga oshirilib, yillik 50 million dollarlik eksport quvvati yaratilgan. Kelgusi yillarda klaster tomonidan Ulug‘nor tumanida 70 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash zavodi, tikuv-trikotaj va paypoq ishlab chiqarish korxonasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan. Ularda yana 1 ming 600 dan ziyod ish o‘rni ochiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie tekstilnogo klastera "Asaka tekstil" v Andijanskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie tekstilnogo klastera Asaka tekstil v Andijanskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
Shu yerda Andijon viloyati misolida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha axborot berildi. Qayd etilganidek, ishlab chiqarish tannarxi 15 foizga qisqartiriladi, 65 foiz qo‘shilgan qiymat yaratiladi. Dizayner va texnologlar maktabi tashkil etiladi. Nufuzli brendlar va riteylerlar jalb etilib, tarmoq korxonalari eksporti 800 million dollarga yetkaziladi.
“Qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini rivojlantirayapmiz. Maqsadimiz - yerga nisbatan e’tiborni, mahsulot yetishtiradiganlar manfaatini kuchaytirish. Sohaning quyi bo‘g‘inidagi dehqon va fermer ham raqobatbardosh bo‘lishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident korxonada ishlayotgan tikuvchi ayollar bilan suhbatlashdi. Ularning ayrimlari o‘z tumanida yuqori maoshli ish paydo bo‘lgani uchun mehnat muxojirligidan qaytib kelgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie tekstilnogo klastera "Asaka tekstil" v Andijanskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatie tekstilnogo klastera Asaka tekstil v Andijanskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”dagi korxonalar faoliyati bilan ham tanishdi.
Ushbu sanoat hududida 105 gektar. U yerda mashinasozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari kabi tarmoqlardagi 12 ta loyiha joylashgan. Ulardan biri – “Avto Spring Komponents” mas’uliyati cheklangan jamiyati. Umumiy qiymati qariyb 60 million dollar bo‘lgan bu korxona yiliga 18 ming tonna po‘lat detallar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiya Andijanskogo promishlennogo xaba.
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiya Andijanskogo promishlennogo xaba. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
Qayd etilishicha, o‘tgan yili 4 turdagi qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarilgan. Bu loyihaning birinchi bosqichi va unda 140 ta ish o‘rni yaratilgan. Shu yil may oyida avtomobillar uchun quyma qismlar tayyorlanadigan ikkinchi bosqich ishga tushiriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiya Andijanskogo promishlennogo xaba.
Shavkat Mirziyoyev posetil predpriyatiya Andijanskogo promishlennogo xaba. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
“Bu noyob korxona bir vaqtning o‘zida 12 tonna metall eritish imkoniyatiga ega. Yana bir samarali tomoni, xomasholar Asaka tumanidagi avtomobil zavodining temir chiqindilaridan olinib, qayta ishlanadi. Majmua to‘liq quvvatga chiqqanda, yiliga 27 million dollarlik mahsulotlar mahalliylashtiriladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bu yilda umumiy qiymati 156 million dollarlik 10 ta loyiha ishga tushirilib, 2 ming kishining bandligi ta’minlanadi. 2025-yilda umumiy qiymati 14 million dollarlik 2 ta loyihani amalga oshirib, yana 400 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vistavku mebeli v Andijanskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev posetil vistavku mebeli v Andijanskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
Davlat rahbari “Andijon sanoat xabi”da viloyatda ishlab chiqarilayotgan mebellar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Andijon viloyatida 377 ta mebelsozlik korxonasi faoliyat yuritmoqda. So‘nggi 5-yil davomida mazkur yo‘nalishda 35 million dollarlik 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 3 mingdan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Mebel ishlab chiqarish hajmi 2016-yilga nisbatan 15 barobarga ortgan.
Bugungi kunda yiliga 300 milliard so‘mlik mahsulotlar tayyorlanib, mintaqa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vistavku mebeli v Andijanskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev posetil vistavku mebeli v Andijanskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
"O‘tgan yillardagi eng katta yutuqlardan biri tadbirkorlarimizda ong o‘zgardi, ishonch ortdi. Bugun raqobatdosh bo‘lib, dunyoga chiqapti. Bular ham faoliyatini oddiy ishdan, mahalladan boshlagan. Boshqalar ham shunday qilsa bo‘ladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Andijon viloyatida 41 ta mahalla mebelsozlikka ixtisoslashgan. Masalan, Oltinko‘l tumanidagi Ijtimoyat mahallasida 490 ta xonadonda mebel tayyorlash kooperatsiya usulida yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, yakka tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va o‘zini o‘zi band qilgan hunarmandlar ham ko‘p. Minglab yoshlar “Ustoz-shogird” an’anasi asosida hunar o‘rganmoqda.
Shu bois mebelchilikni yanada rivojlantirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Andijon va Oltinko‘l tumanlarida bunga ixtisoslashgan 2 ta sanoat zonasi tashkil etilmoqda. Ushbu tajriba asosida viloyatdagi 909 ta mahallaning imkoniyatlarini o‘rganib, serdaromad yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish choralari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil vistavku mebeli v Andijanskom rayone.
Shavkat Mirziyoyev posetil vistavku mebeli v Andijanskom rayone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2024
Qayd etilishicha, buning uchun davlat tomonidan infratuzilma yaratilib, moddiy-tashkiliy jihatdan ko‘mak beriladi. Maqsad - Andijon viloyatini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirishga intilish.
Yangiliklar lentasi
0