Mirziyoyev Vengriyaning eng yirik banki boshqaruvi raisini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yetakchisi Vengriyaning “OTP” guruhi bilan strategik sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Uchrashuvda “OTP” guruhiga davlatning “Ipoteka-bank”dagi ulushini sotish bo‘yicha bitim doirasidagi hamkorlikning ijobiy sur’ati mamnuniyat bilan qayd etildi.
Vengriyaning yetakchi kompaniyalari bilan, shu jumladan Toshkent viloyatida ular uchun tashkil etilayotgan maxsus iqtisodiy zona negizida qishloq xo‘jaligi, vinochilik, irrigatsiya, kimyo, farmatsevtika va sanoatning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani yanada chuqurlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shandor Chani o‘z so‘zida Vengriya biznesi O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini jadal kengaytirishga tayyorligini tacdiqladi.
Uchrashuv yakunida “OTP” banki boshqaruvi raisiga “Do‘stlik” ordeni topshirildi.
Bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokama qilindi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2023
Davlat ulushiga ega banklar xususiylashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0