https://oz.sputniknews.uz/20231121/davlat-ulushi-banklar-xususiylashtirish-41143787.html
Davlat ulushiga ega banklar xususiylashtiriladi
Davlat ulushiga ega banklar xususiylashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Banklarning xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorli kuchaytiriladi.
2023-11-21T09:00+0500
2023-11-21T09:00+0500
2023-11-21T11:05+0500
iqtisod
o‘zbekiston
bank
shavkat mirziyoyev
vengriya
qozog‘iston
gruziya
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/14/41142339_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_5058377e5ab48dc38f346c03439225c4.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Davlat ulushiga ega banklar xususiylashtiriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.Yig‘ilishda bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokama qilindi.Qayd etilishicha, davlat ulushiga ega banklarni xususiylashtirishga tayyorlash, ularning qimmatli qog‘ozlarini “IPO”ga chiqarish, sohaga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.Yig‘ilishda bank rahbarlari transformatsiya va xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish, xodimlarni o‘qitish, sohada ilg‘or IT yutuqlarni joriy qilish bo‘yicha rejalarini aytdi.Aytilishicha, har bir bank o‘zi sarmoya kiritgan loyihalarni chuqur tahlil qilib, ishga tushishini kuzatib borishi, hududlar va sohalarda samardorligi yuqori bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishi zarur.Ma’lumot uchun, so‘nggi uch yilda banklar kapitali 1,8 baravarga, yillik kredit ajratish hajmi 2 baravarga ko‘paydi. 4 ta bank ilk bor “yevrobond” chiqarib, xalqaro kapital bozorlaridan 1 milliard dollar resurs olib keldi.Ipoteka-bankka strategik xorijiy investor jalb qilindi. 13 ta yangi xususiy bank tashkil etildi, Vengriya, Qozog‘iston va Gruziyaning nufuzli banklari mamlakatdafaoliyat boshladi. Onlayn bank xizmatlari hajmi 2,7 barobarga oshdi.Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 % darajasida o‘zgarishsiz qoldirdiEslatib o‘tamiz, endi O‘zbekiston banklari va brokerlari Rossiya valyuta bozorida savdo qilishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Yangi Sheriklik dasturini qabul qilishi kutilmoqda.Prezidentning PQ-292 sonli qarori bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki tashkil etildi. Oktabr oyida Markaziy bank (MB) kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 ta tijorat bankini jarimaga tortgan edi.
o‘zbekiston
vengriya
qozog‘iston
gruziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0b/14/41142339_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_f74cfda4b765b87fad8963674a90c086.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat ulushi banklar xususiylashtirish shavkat mirziyoyev o‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar “ipo” banklar kapitali yillik kredit ajratish “yevrobond” xalqaro kapital bozorlari
davlat ulushi banklar xususiylashtirish shavkat mirziyoyev o‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar “ipo” banklar kapitali yillik kredit ajratish “yevrobond” xalqaro kapital bozorlari
Davlat ulushiga ega banklar xususiylashtiriladi
09:00 21.11.2023 (yangilandi: 11:05 21.11.2023) Banklarning xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorli kuchaytiriladi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Davlat ulushiga ega banklar xususiylashtiriladi. Bu haqida O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati.
Yig‘ilishda bank tizimida transformatsiya va xususiylashtirish jarayonlari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, davlat ulushiga ega banklarni xususiylashtirishga tayyorlash, ularning qimmatli qog‘ozlarini “IPO”ga chiqarish, sohaga tajribali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.
“Xalqaro reyting kompaniyalari bilan hamkorlikni kuchaytirib, banklarning reytingini oshirish bo‘yicha o‘rta muddatli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, sohada kadrlar tayyorlash tizimini zamon talablariga moslashtirish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi”, — deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda bank rahbarlari transformatsiya va xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish, xodimlarni o‘qitish, sohada ilg‘or IT yutuqlarni joriy qilish bo‘yicha rejalarini aytdi.
Aytilishicha, har bir bank o‘zi sarmoya kiritgan loyihalarni chuqur tahlil qilib, ishga tushishini kuzatib borishi, hududlar va sohalarda samardorligi yuqori bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishi zarur.
Ma’lumot uchun, so‘nggi uch yilda banklar kapitali 1,8 baravarga, yillik kredit ajratish hajmi 2 baravarga ko‘paydi. 4 ta bank ilk bor “yevrobond” chiqarib, xalqaro kapital bozorlaridan 1 milliard dollar resurs olib keldi.
Ipoteka-bankka strategik xorijiy investor jalb qilindi. 13 ta yangi xususiy bank tashkil etildi, Vengriya, Qozog‘iston va Gruziyaning nufuzli banklari mamlakatdafaoliyat boshladi. Onlayn bank xizmatlari hajmi 2,7 barobarga oshdi.
Eslatib o‘tamiz, endi O‘zbekiston banklari va brokerlari Rossiya valyuta bozorida savdo
qilishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Yangi Sheriklik dasturini qabul
qilishi kutilmoqda.Prezidentning
PQ-292 sonli qarori bilan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki
tashkil etildi. Oktabr oyida Markaziy bank (MB) kreditlar haqidagi ma’lumotlarni yashirgan 16 ta tijorat bankini jarimaga
tortgan edi.