Transchegaraviy tabiiy parklar sonini keskin ko‘paytirish niyatidamiz — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto
Shavkat Mirziyoyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta iqlimlashtirish boshlash niyatida.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston transchegaraviy tabiiy parklar yaratish bo‘yicha mintaqa mamlakatlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda va ular sonini keskin ko‘paytirish niyatida. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
Mamlakat yetakchisi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 14-yig‘ilishi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlari iqlim o‘zgarishi, yashash joylarining yaroqsiz holga kelishi, noqonuniy ov va savdo kabi jiddiy tahdidlar bilan to‘qnash kelmoqda.
Natijada hayvonlarning genetik resurslari qisqarmoqda, ularning nodir va noyob turlari, tabiiy uyg‘unlik va ekotizimlar yo‘qolib bormoqda.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Yer yuzidan so‘nggi 50-yilda ularning 100 dan ortiq turlari, Markaziy Osiyoda esa 26 turdagi qushlar, 12 turdagi sut emizuvchilar, jumladan, Turon yo‘lbarsi, Osiyo qoploni va boshqa endemik turlar butunlay yo‘q bo‘lib ketdi.
"O‘zbekiston 2024-2027 yillarda Konvensiyaga raisligi davrida ko‘chib yuruvchi hayvon turlarini himoya qilishga o‘zining butun kuch va salohiyatini to‘liq safarbar qilishga tayyordir. Biz Samarqandda bu borada kelgusidagi ishlarimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan 2024-2032 yillarga mo‘ljallangan Yangi strategik reja tasdiqlanayotganini olqishlaymiz", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Hayvonlarning ko‘chishiga to‘siqlardan xoli ekologik yo‘laklarni yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va qabul qilish qo‘llab-quvvatlandi.

"Infratuzilma obyektlari – avtomobil va temir yo‘llar, gaz quvurlari va chegara inshootlarining qurilishi yovvoyi hayvonlar migratsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini kamaytirish uchun ekologik baho berilishi bo‘yicha talabni kuchaytirish muhim, deb hisoblaymiz. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston transchegaraviy tabiiy parklar yaratish bo‘yicha mintaqa mamlakatlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda va ular sonini keskin ko‘paytirish niyatidamiz", —deya qayd etilgan tabrik matnida.

Shuningdek, O‘zbekiston Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta iqlimlashtirish boshlash niyatida. Prezident olimlar va ekspertlarni bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 12-17 fevral kunlari Samarqand shahrida Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha Konvensiya (CMS COP 14) ishtirokchilari konferensiyasining 14 yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu Markaziy Osiyoda tashkil etilayotgan yovvoyi tabiatni asrash bo‘yicha BMTning birinchi xalqaro konferensiyasidir. Global anjumanda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, BAA, Germaniya kabi 130 ta davlatdan – jami 1500 dan ortiq ishtirokchi qatnashmoqda.
Snejniy bars. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.02.2024
Uchinchi qutb yoki qor qoplonlarining yashash joyini qanday saqlash kerak?
Yangiliklar lentasi
0