Samarqandga Yekaterinburgdan tadbirkorlar tashrifi kutilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2024
Obuna bo‘lish
Mart oyida Yekaterinburgdagi tadbirkorlar O‘zbekiston biznes vakillari bilan uchrashadi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Mart oyida Samarqandga Yekaterinburgdan tadbirkorlar tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi Bosh konsulligi diplomatlari "Finansovaya Korporatsiya Otkritie" bankining G‘arbiy Sibir vakolatxonasi bo‘lim menedjeri Svetlana Shumatova bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekiston hududlari va Sverdlovsk viloyati tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda O‘zbekistonga xorijiy sarmoyalarni jalb qilish masalalari ko‘rib chilildi.

“O‘zbekiston biznes vakillari bilan manfaatli aloqalarni o‘rnatish istagida bo‘lgan bankning yirik mijozlaridan iborat delegatsiyaning joriy yil mart oyida Samarqand shahriga biznes-missiya bilan borishi rejalashtirilgani bildirildi”, — deyiladi xabarda.

Tomonlar mazkur safar rejasi va tashrif davomida namoyish etiladigan taqdimot materiallarini birgalikda ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olishdi.
Chrezvichayniy i polnomochniy posol Respubliki Uzbekistan Botirjon Asadov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.10.2023
O‘zbekistonda Rossiya kompaniyalari soni ikki baravar ko‘paydi — Botirjon Asadov
Yangiliklar lentasi
0