Toshkent viloyatida “Green University” ochildi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevV Tashkentskoy oblasti otkrilsya Sentralnoaziatskiy universitet po izucheniyu okrujayushey sredi i izmeneniyu klimata Green University
V Tashkentskoy oblasti otkrilsya Sentralnoaziatskiy universitet po izucheniyu okrujayushey sredi i izmeneniyu klimata Green University - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2024
Obuna bo‘lish
“Green University” O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 31-maydagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida tashkil etilgan.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Bugun, 10-fevral kuni Toshkent viloyatida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (“Green University”) hamda uning negizida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) ofisining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
“Green University” O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 31-maydagi "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori asosida tashkil etilgan. Maqsad mahalliy, mintaqaviy va global ekologik muammolarni samarali boshqarish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va intellektual salohiyatni amalga oshirishda innovatsion g‘oyalar, amaliyot va texnologiyalarni joriy etishdir.
© Sputnik / Avenir DeberdeyevV Tashkentskoy oblasti otkrili Green University
V Tashkentskoy oblasti otkrili Green University - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2024
V Tashkentskoy oblasti otkrili Green University
Universitetning asosiy vazifalari:
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning muhim ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy muammolarini hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar, olimlar, tadqiqotchilar, rahbarlar va tadbirkorlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
milliy, mintaqaviy va xalqaro innovatsion tizimlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatni boshqarish va barqaror rivojlanish sohasida yangi bilimlarni joriy etish hamda fanlararo tadqiqotlarni amalga oshirish;
jahonning yetakchi "yashil" universitetlari tomonidan qo‘llaniladigan ilg‘or ta’lim dasturlari, innovatsion pedagogik uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish, moslashtirish va joriy etish;
ilmiy tadqiqot va amaliy bilimlarni integratsiyalash, faoliyatni klaster asosida tashkil etish, akademik va kasbiy tajriba almashish, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini joriy etish;
xorijiy, davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini, shuningdek, O‘zbekiston, mintaqa va jahon ilmiy markazlarini birlashtiruvchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiluvchi samarali platforma yaratish;
xorijiy ilmiy ekspertlarni jalb qilish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va xalqaro reytinglarda yetakchi o‘rinlarni egallagan dunyoning "yashil" universitetlari bilan strategik hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini, shuningdek, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, o‘rmon xo‘jaligi va gidrometeorologiya sohalarida rahbar kadrlar uchun maxsus ta’lim dasturlarini yaratish;
universitet tarkibiga kiruvchi ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, moddiy-texnik bazasi va ilmiy kadrlar salohiyatini mustahkamlash.
O‘quv mashg‘ulotlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida kredit-modul tizimi asosida ma’ruza, laboratoriya va individual mashg‘ulotlar, guruhlarda amaliy ishlar, tanqidiy fikrlash, muammo va tajribalar yordamida olib boriladi. O‘quv jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Yetakchi, tan olingan xalqaro imtihon tizimlari (TOEFL, IELTS, CEFR, CAT, General, CAT Cubjest va boshqalar) sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarga belgilangan tartibda tegishli fanlar bo‘yicha maksimal ball beriladi va keyinchalik ular ushbu fanlardan imtihon topshirishdan ozod qilinadi. Har yili Markaziy Osiyo mamlakatlari fuqarolariga Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda va shartlarda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriatda o‘qish uchun kamida 25 ta grant o‘rinlari, shuningdek, magistratura va doktorantura (PhD) mutaxassisliklari bo‘yicha kamida 20 ta grant o‘rinlari ajratiladi.
Universitetni tamomlagan O‘zbekiston fuqarolari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga, besh yillik ish stajiga ega bo‘lgandan keyin esa mutaxassisligi bo‘yicha rahbar lavozimlarga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Universitetda bakalavr bosqichida “Atrof-muhit va barqaror rivojlanish bo‘yicha menejment”, “Atrof-muhit va iqtisodiyot (Yashil iqtisodiyot)”, “Ekologiya va davlat boshqaruvi”, magistratura bosqichida esa “Ekologiya huquqi”, “Ekologik jurnalistika”, “Barqaror rivojlanish” va “Barqaror rivolanishga ixtisoslashgan moliya” yo‘nalishlaridan birini tanlash mumkin.
Shuningdek, O‘zbekistonda IUCN tashkilotining Markaziy Osiyodagi birinchi ofisi ochildi. Bu o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlaydi. Kelajakda idora MDH mamlakatlari uchun Markaziy Osiyoda markaz bo‘lib xizmat qilishi mumkin, chunki vakolatxona Markaziy Osiyo davlatlari, hamkorlar va ekspertlar hamjamiyatlari bilan yaqinroq aloqa o‘rnatish imkonini beradi.
Lideri ekologicheskogo sektora stran Sentralnoy Azii proveli vstrechu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2024
Markaziy Osiyo mamlakatlari ekologiya sohasi rahbarlari yig‘ilish o‘tkazdi — batafsil
Yangiliklar lentasi
0