Markaziy Osiyo mamlakatlari ekologiya sohasi rahbarlari yig‘ilish o‘tkazdi — batafsil
14:37 10.02.2024 (yangilandi: 12:12 12.02.2024)
© Sputnik / Avenir DeberdeyevLideri ekologicheskogo sektora stran Sentralnoy Azii proveli vstrechu
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
Obuna bo‘lish
Mintaqada iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish uchun tajriba almashish, texnologiya va resurslarni taqdim etishga ko‘mak beruvchi hamkorlikni kuchaytirish muhim ekanligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Bugun, 10-fevral kuni Markaziy Osiyo mamlakatlari ekologiya sohasi rahbarlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Tadbir "Markaziy Osiyo iqlim o‘zgarishi bo‘yicha muzokaralar jarayonida: BMT COP-28 yakunlari va BMT COP-29ga rejalar" mavzusiga bag‘ishlandi.
© Sputnik / Avenir DeberdeyevLideri ekologicheskogo sektora stran Sentralnoy Azii proveli vstrechu
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
Tadbirdan maqsad - 2023-yil dekabrda BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi ishtirokchilarining 28-konferensiyasida Markaziy Osiyo mamlakatlari erishgan natijalar yakunlarini umumlashtirish va muhokama qilish bo‘ldi.
Yig‘ilishda iqlim o‘zgarishi masalalariga mas’ul bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlari davlat tuzilmalarining rahbarlari, BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi milliy koordinatorlari, tashqi ishlar vazirliklari vakillari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpuslar, shu jumladan, Xalqaro Tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN), BMT Taraqqiyot dasturi, Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazi hamda iqlim o‘zgarishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi boshqa nodavlat-notijorat, ilmiy, yoshlar tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
“Biz ekologiya, iqlim bilan bog‘liq hamda o‘xshash bo‘lgan muammolarni hal qilishda mintaqamiz "ovozi"ni namoyish etishimiz zarur. O‘z navbatida, hamjihatlikda harakat qilsak, albatta, samara beradi. Agar kelishuvga erishilsa, mintaqa davlatlari vakillari SOR29 da Markaziy Osiyo mamlakatlarining muzokaralar mintaqaviy guruhi sifatida ishtirok etadi. Bu esa umummintaqaviy manfaatlarga erishish imkoniyatini beradi”, - deya ta’kidladi O‘zbekiston ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov.
© Sputnik / Avenir DeberdeyevLideri ekologicheskogo sektora stran Sentralnoy Azii proveli vstrechu
© Sputnik / Avenir Deberdeyev
Tadbir davomida mintaqada iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning oqibatlarini yumshatish uchun tajriba almashish, texnologiya va resurslarni taqdim etishga ko‘mak beruvchi hamkorlikni kuchaytirish muhim ekanligi ta’kidlandi.
© Sputnik / Avenir DeberdeyevV Tashkentskoy oblasti otkrili Green University
© Sputnik / Avenir Deberdeyev