https://oz.sputniknews.uz/20240210/eoiida-yangi-moliyaviy-mexanizmni-amalga-oshirishda-faol-ishtirok-etish-kerak-eik-vaziri-42439853.html
YeOIIda yangi moliyaviy mexanizmni amalga oshirishda faol ishtirok etish kerak — YeIK vaziri
YeOIIda yangi moliyaviy mexanizmni amalga oshirishda faol ishtirok etish kerak — YeIK vaziri
Sputnik O‘zbekiston
YeOIIda yangi moliyaviy mexanizmni amalga oshirishda faol ishtirok etish kerak — YeIK vaziri
2024-02-10T18:59+0500
2024-02-10T18:59+0500
2024-02-10T19:00+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
yeik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0c/41523355_0:107:3261:1941_1920x0_80_0_0_16552feee02a6bd5b6501f767230014a.jpg
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida hamkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmining joriy etilishi iqtisodiyotning real sektoriga Yevroosiyo integratsiyasining yangi bosqichiga chiqish imkonini beradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan “Rossiya-2030 va yangi jahon iqtisodiy tartibi: asosiy omillar va biznesning roli” xalqaro forumida aytib o‘tdi.Vazir kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi shakli Ittifoq davlatlarining sarmoyaviy jozibadorligini oshirishini alohida ta’kidlab, ishbilarmon doiralar uyushmalari va biznes vakillarini yangi millatlararo vositani amalda tatbiq etishda faol ishtirok etishga chaqirdi.Yakunda Goar Barsegan integratsiya a’zo davlatlarga beradigan imtiyozlardan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “beshlik” mamlakatlari iqtisodiyotining bir-birini to‘ldirishi ularga nafaqat oddiy fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, balki butun Yevroosiyo makonida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha eng ulug‘vor maqsadlarni qo‘yish imkonini beradi.
https://oz.sputniknews.uz/20240207/eoii-davlatlari-loyihala-qollab-quvvatlash-hujjat-ratifikatsiya-42381507.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0c/41523355_266:0:2997:2048_1920x0_80_0_0_31773b0e1362d0a417fc280f3c517884.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoiida yangi moliyaviy mexanizmni amalga oshirishda faol ishtirok etish kerak — yeik vaziri
yeoiida yangi moliyaviy mexanizmni amalga oshirishda faol ishtirok etish kerak — yeik vaziri
YeOIIda yangi moliyaviy mexanizmni amalga oshirishda faol ishtirok etish kerak — YeIK vaziri
18:59 10.02.2024 (yangilandi: 19:00 10.02.2024) Vazir kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi shakli Ittifoq davlatlarining sarmoyaviy jozibadorligini oshirishini alohida ta’kidladi.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida hamkorlik loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmining joriy etilishi iqtisodiyotning real sektoriga Yevroosiyo integratsiyasining yangi bosqichiga chiqish imkonini beradi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining sanoat va agrosanoat kompleksi vaziri Goar Barsegan “Rossiya-2030 va yangi jahon iqtisodiy tartibi: asosiy omillar va biznesning roli” xalqaro forumida
aytib o‘tdi. “Yangi mexanizmni amalga oshirish YeOII doirasida 2030-yilgacha va 2045-yilgacha bo‘lgan davrda iqtisodiy jarayonlarni yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi deklaratsiyada aks etgan sanoatni rivojlantirishning asosiy vazifalarini hal qilishga yordam beradi”, — dedi Goar Barsegan.
Vazir kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi shakli Ittifoq davlatlarining sarmoyaviy jozibadorligini oshirishini alohida ta’kidlab, ishbilarmon doiralar uyushmalari va biznes vakillarini yangi millatlararo vositani amalda tatbiq etishda faol ishtirok etishga chaqirdi.
“YeOII mamlakatlarini asosiy oziq-ovqat turlari bilan ta’minlash darajasi 93 foizga yetdi. Bu a’zo davlatlarga yuzaga kelayotgan muammolarga jamoaviy asosda samarali qarshi turish imkonini beradi”, — dedi vazir.
Yakunda Goar Barsegan integratsiya a’zo davlatlarga beradigan imtiyozlardan samarali foydalanish muhimligini ta’kidladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, “beshlik” mamlakatlari iqtisodiyotining bir-birini to‘ldirishi ularga nafaqat oddiy fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, balki butun Yevroosiyo makonida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha eng ulug‘vor maqsadlarni qo‘yish imkonini beradi.